|
12-Mavzu: Pedagogik faoliyatda dars tahlili. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 51,88 Kb. | | #139848 |
Bog'liq 12-dars
12-Mavzu: Pedagogik faoliyatda dars tahlili.
Reja:
Darslar tizimini tayyorlash.
Dars rejasi, uning asosiy tashkil etuvchilari.
Dars tahlili.
Dars - hozirgi zamon o’quv - tarbiya jarayonida ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirishi lozim. Ayrim olingan biron-bir dars predmet taqvimiy rejasidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars ish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalari alohida aniqlanishi lozim. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, malaka va ko’nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan begilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan biri - beriladigan o’quv materiali tizimli ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirishdir.
Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar:
o Taqvimiy rejalashtirish asosida dars o’tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo’lishi;
o Darsning o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi;
o Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi;
o Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik, kompyuter texnikasidan, ko’rgazmali qurollardan foydalanishni ko’zda tutish.
Darsning tarkibiy tuzilishi o’rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, o’quvchilarning tayyorlanish va rivojlanish darajasiga hamda darsning o’rniga bog’liq bo’ladi.
Dars - yaxlit tizim, uning tuzilish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar, mazmun, shakl, uslub va vazifalari yuzaga chiqadi. Yaxlit tizimni tuzish uchun o’qituvchi darsni rejalashtirishi, unga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi va dars ishlanmasini ishlab chiqishi kerak.
Ma’ruza mashg’ulotlar
Bilimni xazinaga mengzasak, dars ishlanmasini unga eltuvchi vosita deyish mumkin. Dars ishlanmasining taxminiy sxemasi quyidagicha tasvirlanishi mumkin:
|
| |