|
Darsning boshqa sifat tavsifi
|
bet | 6/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 51,88 Kb. | | #139848 |
Bog'liq 12-darsDarsning boshqa sifat tavsifi:
O’qituvchining dunyoqarashi, pedagogik mahorati, nutq madaniyati
O’qituvchining Davlat ta’limi talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi, uning ma’naviy - ma’rifiy dunyoqarashi, auditoriyani boshqarish usuli, talabchan yoki aksincha ekanligi, nutq madaniyati (monoton, diqqatni jalb etuvchi: farqsiz) darajasi belgilanadi.
O’qituvchilar intizomi, dars xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi
Dars xonasining holati (uni tayyor yoki tayyor emasligi), texnik vositalar holati, mashg’ulotning o’z vaqtida yoki kechikib boshlanishi, uning sabablari, o’quvchilarning mashg’ulotga munosabati bayon etiladi.
O’qituvchining o’quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga qaratilgan takliflari
Dars sifatini yaxshilash bo ’yicha fikr va mulohazalar, shaxsiy kuzatishlar, mavjud ko ’nikmalar va yutuqlar, o ’qituvchi va o ’quvchilar orasidagi munosabat, o’qituvchining o’quv -tarbiyaviy faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlari bayon etiladi.
Tahlil bilan tanishdim:
Mashg’ulotni olib borgan o’qituvchining f.i.sh. yoziladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tahlil qiluvchilar:
Darsni tahlil qilgan amaliyotchining f.i.sh. yoziladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Nazorat savollari
Dars nima?
Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablarni ayting.
Dars ishlanmasining taxminiy sxemasini tushuntiring.
Dars maqsadini rasmiylashtirishni tavsiflang.
Dars turini tavsiflang.
Dars shaklini tavsiflang.
Dars metodlarini tavsiflang.
Darsni jihozlashni tavsiflang.
Yangi materialni o’zlashtirishga tayyorgarlik haqida tushuncha bering.
Yangi material bayoni haqida tushuncha bering.
Yangi materialni mustahkamlash va baholash haqida tushuncha bering.
Darsni yakunlash va uyga vazifa berish haqida tushuncha bering.
Dars bosqichlari haqida tushuncha bering.
Dars tahlili sxemasini ayting.
Darsni tahlil qilishdan maqsad nima?
Dars tahlilida darsni kuzatishdan maqsad haqida tushuncha bering.
Dars tahlilida darsning tarbiyaviy mohiyati haqida tushuncha bering.
Dars tahlilida darsning ilmiyligi haqida tushuncha bering.
Dars tahlilida uslubiy jihatdan maqsadga muvofiqligi haqida tushuncha bering.
Dars tahlilida darsning boshqa sifat tavsifi haqida tushuncha bering.
|
| |