|
Uslubiy jihatdan maqsadga muvofiqligi
|
bet | 5/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 51,88 Kb. | | #139848 |
Bog'liq 12-darsUslubiy jihatdan maqsadga muvofiqligi:
Dars mavzusini taqvim (kalendar) - mavzu rejaga mosligi
Mavzu va uning mazmuni fanning tematik rejasiga va kursning o’quv dasturiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi bayon etiladi.
Darsning uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi
Dars mavzusining strukturlashtirilganligi rejaning mavjudligi, unga amal qilinganligi, o’quvchilar diqqatini mavzuning asosiy g’oyasiga jalb etilganligi, unda zamonaviy texnik vositalardan foydalanilganligi va qanday yangi didaktik vositalar qo ’llanilganligi bayon etiladi.
O’quvchilar bilimini tekshirish usullari, ularning samaradorligi
Mashg’ulotda o’quvchilar bilimini tekshirishda qaysi usullardan foydalanganligi (savol-javob, test, tayanch iboralar, nazorat savollari, interaktiv muloqot va h.k.) va u qanday samara berganligi, usulningyutuqlari va kamchiliklari yoritiladi.
Baholashning ob’ektivligi
O’qituvchida o’quvchilar bilimlarini baholash me’zonlari mavjudligi, uning ob’ektivligi, shkalasi, o’quvchilarning o’z bilimlarini baholashga munosabatlari va boshqa fikrlar bayon etiladi.
Darsning turi, o’qitish uslubi va uning maqsadga muvofiqligi
Mashg’ulot turi (ma’ruza, amaliy, tajriba) ta’kidlanadi, o’quvchilarni mashg’ulotga jalb etish usullari, maqsadga erishish uchun qo’llanilgan pedagogik vosita va usullar bayon etiladi.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi, bayon qilinayotgan materialning to’liqligi, ketma-ketligi, izchilligi va uni tushunarliligi. Asosiy tushunchalarning ajratilganligi
Mavzu bo ’yicha dars konspektining va kalendar rejaning mavjudligi yoki yo ’qligi, mavzuning reja asosida olib borilishi, nutq madaniyati, o’qituvchining auditoriya
Ma’ruza mashg’ulotlar bilan muloqot vositalari, ularga qiziquvchanlikni uyg’otish usullari, tayanch iboralarga diqqatni jalb eta olish mahorati baholanadi.
Darsning ko’zlangan maqsadga erishishi
Dars o ’z maqsadga erishgani (qisman yoki to ’la) yoki bu borada yo ’l qo ’yilgan kamchiliklar bildiriladi.
Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Mashgulotni olib borishda o’qituvchi tomonidan pedagogik texnalogiyalarning qanday yangi usul va vositalaridan foydalanilganligi, sub’ektning qobiliyati va bilim darajasi inobatga olinganligi, o ’qituvchini auditoriyaga munosabati baholanadi.
Yangi mavzuning o’tilgan materiallar bilan bog’lanishi
Mavzuni oldingi dars bilan bog’lash vositalari (oldingi mavzu tahlil etilganligi, oldingi mavzu bo’yicha savol-javob qilinganligi), yangi mavzuni o’zlashtirishda oldingisining ahamiyati va uning mazmun - mohiyatini tushuntirish darajasi bayon etiladi.
Mavzuning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Mavzu joriy semestrda o’qitilayotgan qaysi fanlar bilan bevosita bog’liqligi ta’kidlanadi.
O’quvchilar faolligini oshirish (muammoli vaziyatlardan chiqish, o’quv jarayonini faollashtirish)
O’quvchilar faoliyatini oshirish usullari (ularning e’tiborini jalb qilish usullari, vaqtni to’g’ri taqsimlash, o’quv materialni etkazish tempi, o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olinishi, muammolarni kelib chiqmasligi uchun ko’rilgan choralar) xususida fikrlar bildiriladi.
O’quvchilarni mustaqil ishlashga jalb qilinishi
O’quvchilarning mavzuga qiziqish darajasi baholanadi, mustaqil fikrlash uchun qo ’llaniladigan pedagogik usullar ifodalanadi, mavzu bo ’yicha berilgan mustaqil ish mavzulari tahlil etiladi.
O’qitishni tabaqalashtirish, differenstiallashtirish usullari va ularning samaradorlik darajasi
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishning qaysi usuli qo’llanilganligi, uning yutuq va kamchiliklari, to’la yoki qisman qo’lanilganligi, mavzuning maqsadga erishish uchun qo ’llanilgan pedagogik usullar bayon etiladi.
O’quv materialini mustahkamlash usullari va uning maqsadga muvofiqligi
Mavzuni mustahkamlashda nazariy ma’lumotlarning misollar bilan amaliy tasdiqlanishi, qo’shimcha o’quv manbalar xususida ma’lumot yaratilganligi yoki mavzuni mustahkamlashga e’tibor berilmaganligi ta’kidlanadi.
Uyga vazifa (vazifa hajmi, turi, shakli, tavsiya qilingan adabiyotlar, vazifa bo’yicha berilgan izohlar)
Mavzuni mustahkamlash uchun uyga vazifa berilganligi yoki berilmaganligi, berilgan bo’lsa vazifa turi (nazorat savollari, testlar, kompyuterlarda topshiriqni bajarish va h. k.) ta ’kidlanadi, uni echish yo ’llari bo ’yicha tavsiyalar izohlanadi, axborot texnologiyalari asosida bajariladigan topshiriqlar alohida va yuqori baholanadi.
Darsning umumiy baholanishi:
Dars pedagogik me’zonlar asosida baholanadi. Baholash xulosasi quyidagicha yoziladi:
Dars o’z maqsadiga erishdi;
Dars o’z maqsadiga qisman erishdi;
Dars o’z maqsadiga erishmadi.
|
| |