|
12-Mavzu: Pedagogik faoliyatda dars tahlili. Reja
|
bet | 2/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 51,88 Kb. | | #139848 |
Bog'liq 12-darsMavzu
Maqsad
Ta’limiy
Tarbiyaviy
v) Rivojlantiruvchi
Dars turi
Dars shakli
Metodlari
Jihozlash
Yangi materialni o’zlashtirishga tayyorgarlik.
Yangi material bayoni.
Yangi materialni mustahkamlash va baholash.
Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini yozishda birinchi navbatda dars mavzusi (taqvim-rejada o’tiladigan mavzu) belgilab olinadi. So’ngra uning ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsadlari ko’rsatiladi.
Ta’limiy maqsadda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, shakllantirish ko’zda tutiladi. Bunda tushunchalar, hodisalar, kattaliklar, formulalar, qonunlar, og’zaki, yozma va monogologik, diologik nutqqa ega bo’lishi, masalalar echish, o’quv darsligi va qo’shimcha adabiyot bilan ishlay bilishi, maqsadni aniqlashi, tushuncha, taqqoslash, isbot qilishlarni bajarishda optimal usullarni tanlay olishiga e’tibor beriladi.
Tarbiyaviy maqsadda esa tashqi dunyoga munosobat, jamiyatda o’zini tutish me’yorlariga rioya qilish, axloqiy va ma’naviy tasavvurga egalik, qonunlarga bo’ysunish, qadriyatlar, an’analarni hurmat qilish kabi sifatlar shakllantirilishi nazarda tutiladi.
Rivojlantiruvchi maqsadda nutq, tafakkur, shaxsning sensorlik sferasi (tashqi dunyoni sezgi organlari vositasida anglash)ning rivojlanishi, ruhiy irodasi, aqliy faoliyati (mushohada qilish, sintez qilish, sinflarga ajratish, kuzatishlar olib borish, ob’ektning muhim alomatlarini ajrata olish, gipotezalarni taklif qilish, tajriba o’tkazish rejasini ishlab chiqa olish) rivojlantiriladi.
Dars turida bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirish va qo’llash, nazorat qilish, korrekstiyalash, umumlashtirish, tizimga solish, kombinastiyalashgan (aralashgan), ekskursiya, amaliy mashg’ulot singari dars turlari belgilab olinadi.
|
| |