|
Fanga oid atamalar va belgilar (mavzuga oid) Matematik statistika
|
bet | 1/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 42,03 Kb. | | #145086 |
Bog'liq FANGA OID ATAMALAR VA BELGILAR
FANGA OID ATAMALAR VA BELGILAR
(mavzuga oid)
Matematik statistika - statistik ma’lumotlarni to‘Plash, ularni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini o‘rganadigan fan.
Bevosita o‘lchash-o‘lchangan miqdor qiymati o‘lchash quroli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchab olinsa(m-n: biror uchburchaklikning ikkita α va β burchagi teodolit bilan o‘lchab topilsa).
Bilvosita o‘lchash-shartli o‘lchash- o‘lchangan miqdor qiymati o‘lchangan boshqa miqdor qiymati orqali matematikaviy munosabatlarga asoslanib hisoblab topilsa.
Geodezik ishlarda o‘lchash-o‘lchov birliklari bir xil bo‘lgan ikkala miqdordan birini ikkinchisiga taqqqoslash va unda shu birlikdan qancha borligini aniqlash.
Ehtimollar nazariyasi-ko‘plab tasodifiy hodisalarning sonli qonuniyatini o‘rganadigan matematik fandir, ya’ni bir tajribani ko‘p marta qayta-qayta sinash natijalaridan kelib chiqadigan hodisa bo‘lib, xar safar turlicha sodir bo‘ladigan hodisalarda.
(mavzuga oid)
Kuzatish-barcha ilmiy izlanishlarni asosi hisoblanadi; kuzatilayotgan ob’ektning sodir bo‘ladigan belgi natijalari, ham sifat ifodasi, ham qiymat ifodasiga ega bo‘ladi.
Tasodifiy kattalik(o‘zgaruvchi)-tajribada, oldindan noma’lum bo‘lgan hisobga olinmaydigan qiymatni oladigan va tasodifiy sabablarga bog‘liq bo‘lgan qiymat.
Tasodifiy hodisa-shartlar to‘Plami bajarilganda ro‘y berishi xam , ro‘y bermasligi xam mumkin bo‘lgan hodisaga aytiladi.
Sinash-har qanday alohida kuzatish, tajriba va o‘lchashlarni amalga oshirish.
Sinashning natijasini hodisa deyiladi.
Oddiy tasodifiy hodisa-bu bir (va faqat bitta) hodisa bilan to‘liq tasvirlanadigan sinov natijasidir. Oddiy hodisani hodisalarga bo‘lish mumkin emas.
Murakkab hodisa-ikki yoki undan ortiq oddiy hodisalardan iborat bo‘lgan hodisa.
|
| |