|
Fanga oid atamalar va belgilar (mavzuga oid) Matematik statistika
|
bet | 2/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 42,03 Kb. | | #145086 |
Bog'liq FANGA OID ATAMALAR VA BELGILARIshonchli hodisa-albatta sodir bo‘ladigan hodisa.
Imkonsiz hodisalar-hech qachon sodir bo‘lmaydigan hodisalar.
Birgalikdagi hodisa- tajriba natijasida bir vaqtda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa.
Birgalikda bo‘lmagan hodisalar- bir tajribada bitta hodisani sodir bo‘lishi ikkinchisini inkor etsa bunday hodisalar hech qachon birgalikda bo‘lmaydigan hodisalar.
Teng imkoniyatli hodisalar- bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan Paydo bo‘lish hodisalari.
YAgona mumkin bo‘lgan hodisalarning sistemasi- hodisalarning to‘liq gruppasi deyiladi. SHu sababli, tajriba davomida hodisalar to‘liq gruPPasidan bitta hodisa albatta sodir bo‘ladi.
Qarama-qarshi hodisalar-hodisalarning to‘liq guruhida sodir bo‘luvchi ikkita yagona imkoniyatli hodisalar. A hodisaga qarama-qarshi hodisa, - chiziqli qilib belgilanadi.
(mavzuga oid)
hodisalarning nisbiy chastotasi-berilgan kompleks shartlarda sodir bo‘ladigan hodisa qiymatini barcha sinashlar qiymatlari munosabatlariga aytiladi.
Q=k/n-hodisaning nisbiy chastota ifodasi
Q-nisbiy chastota;
k-sodir bo‘ladigan hodisa qiymati;
n-barcha sinashlar qiymatlari;.
R(A)=M/N-ehtimollikning klassik aniqlash formulasi
N-barcha mumkin bo‘lgan natijalarlar soni;
M-ayrim hodisalarga iimkoniyat tug‘diruvchi elementar natijalar soni,
R-Hodisaning ehtimolligi.
Agar hodisaning ehtimolligi keragicha birga yaqin bo‘lsa, uni amaliy ishonchli deyiladi, agar nolga yaqin bo‘lsa–amalda ishonchsiz hodisa deyiladi.
P(A)=p-hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli;
P( )=q-hodisaning sodir bo‘lmaslik ehtimoli
murakkab hodisa-bir necha bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan(bog‘liq bo‘lmagan) hodisalar yig‘indisi, hodisalarning qaysi biri sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, shu voqealardan birining ko‘rinishidan iborat bo‘lgan hodisa ... deyiladi.
|
| |