|
12-Mavzu: Pedagogik faoliyatda dars tahlili. Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 51,88 Kb. | | #139848 |
Bog'liq 12-darsDARS TAHLILI № __
O’qituvchi:
Fan:
Kurs guruh talabalar soni
Darsga kiruvchi:
201 yil
Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi va asosiy qurilmalari
Darsni kuzatishdan maqsad:
O’qituvchining dars berish metodikasi bilan tanishish, tahlilchining o’z pedagogik mahoratini shakllantirish, mashg’ulotning strukturasini o’rganish yoki olingan pedagogik tajriba va ko’nikmalarni pedagogik ish faoliyatida qo’llash va boshqa maqsadlar bo ’lishi mumkin.
Darsning tarbiyaviy mohiyati:
Mavzuning g’oyaviy yo’nalishi - ilmiy ong va milliy mafkura tamoyillariga mos yoki mos emasligi baholanadi. Uni o’zlashtirgan o’quvchilar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan qanday vazifalarni amalga oshirishga erishishlari mumkinligi haqida fikrlarni bayon etadilar.
xalq oldidagi muammolarni hal qilinishi bilan bog’liqligi;
Mavzu yoshlarning axborot texnologiyalari sohasi bo’yicha bilimlariga qay darajada ta ’sir ko ’rsatishi uchun xalq xo’jaligining turli sohalariga qo ’llash darajasi va boshqa fikrlar bayon qilinishi mumkin.
barkamol avlod tarbiyasi vazifalarini bajarilishi;
Mavzu qay darajada o’quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi, olgan bilimlarni o’quvchilar qaerda qo’llashi uchun ahamiyati va boshqa fikrlar bayon etilishi mumkin.
Respublikamizning ichki va tashqi siyosatidagi hamda iqtisodiy rivojlanishidagi yutuqlarini yoritilishi;
Mavzu Hukumatimiz tomonidan axborot- kommunikastiya texnologiyalarini rivojida belgilangan vazifalarga qay darajada mos kelishi, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi Hukumatimiz siyosatiga muvofiqligi va boshqa fikrlar bayon etilishi mumkin.
Darsning ilmiyligi:
Materialning ilmiy asoslanishi
Darsni bayon etishda qay darajada ilmiy asoslangan fikrlar bayon etilganligi, fan-texnika yutuqlari bo’yicha misollar keltirilganligi, o’qituvchining fan yutuqlaridan qay darajada xabardor ekanligi va uni mavzusi bayot etishda qo ’llash darajasi va boshqa fikrlar bayon etiladi.
Fanning oxirgi yutuqlaridan foydalanish
Mashg’ulotni bayon etishda fanyutuqlarining qaysi sohalaridan va qay darajada foydalanganligi, ilmiy atama va tayach iboralarga qay darajada ta’rif berilganligi va boshqa fikrlar bayon etilishi mumkin.
|
| |