Mavzu: cae tushunchasi Mavzu rejasi




Download 31.18 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2022
Hajmi31.18 Kb.
#30499
  1   2
Bog'liq
14-CAE tushunchasi
Mustaqil ish, Doc May 24 2022, Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org

Mavzu: CAE tushunchasi


Mavzu rejasi:


Kirish


  1. CAE tushunchasi

  2. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (CAM)

  3. Avtomatlashtirilgan konstruksiyalash (computer-aided engineering – CAE)

  4. CAE vositalari tahlil



Xulosa


Adabiyotlar


Mavzu: CAE tushunchasi

Kirish.
Zamonaviy korxonalar agar eng yaxshi sifatli, tannarxi arzonroq bo`lgan, yangi mahsulotni qisqa vaqt oralig`ida tayyorlab chiqarishmasa, ular butun dunyo raqobatiga bardosh bera olmaydilar. Shu sababli ular loyihalash va ishlab chiqarish masalalarini avtomatlashtirish va bir-biriga bog`lashda grafik interfeysning ulkan imkoniyatlaridan foydalanishga intilishmoqda.


Avtomatlashtirilgan konstruksiyalash (computer-aided engineering CAE)
– bu CAD geometriyasini tahlil qilish, modellash va mahsulot konstruksiyasini takomillashtirish uchun uning xususiyatlarini o`rganish uchun kompyuter tizimidan foydalanishdir.
Bunda yangilikni va mahsulotni ishlab chiqarish vaqti qisqaradi, tannarxi arzonlashadi. Bu maqsadda avtomatlashtirilgan loyihalash (computer-aided design – CAD), avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (computer-aided manufacturing – CAM) va (chizmalarni) avtomatlashtirilgan ishlab chiqish yoki konstruksiyalash (computer aided engineering – CAE) texnologiyalaridan foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash (CAD) – bu loyihalarni yaratish, o`zgartirish, tahlil qilish va optimallashtirishni osonlashtirish uchun kompyuter tizimlaridan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Demak, kompyuter grafikasi bilan ishlovchi istalgan dastur, muhandislik hisoblarida foydalaniladigan istalgan ilova kabi, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlariga taalluqli bo`ladi. Boshqacha aytgagnda, CADning ko`p vositalari shakllar bilan ishlash uchun mo`ljallangan geometrik dasturlardan, to tahlil qilish va optimallashtirish uchun ixtisoslashgan ilovalargacha yoyilgan. CADning eng asosiy vazifasi – bu konstruksiya (mexanizm detallari, arxitektura elementlari, elektron sxemalar, binolar planlari va sh.k.)ning geometriyasini aniqlashdir, chunki geometriya mahsulot hayotiy siklining hamma bo`lajak bosqichlarini belgilaydi. Odatda, bu maqsad uchun, chizmalarni ishlab chiqish tizimlari va geometrik modellashdan foydalaniladi. Shu sababli bu tizimlar odatda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi deb hisoblanadi. Bundan tashqari, bu tizimlarda aniqlangan geometriya CAE va CAM tizimlarida keyinchalik bajariladigan operatsiyalar uchun asos sifatida foydalanishi mumkin. Bu – CADning eng ahamiyatli afzalliklaridan biridir, vaqtni tejash hamda hisoblashda har gal konstruksiyani nuldan boshlab aniqlash zarurati bilan bog`liq bo`lgan xatoliklar sonini qisqartirish imkonini beradi. Demak, shuni ta`kidlash mumkinki, ishchi chizmalarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlari va geometrik modellash tizimlari – avtomatlashtirilgan loyihalashning eng ahamiyatli komponentlaridir.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (CAM) – bu korxonaning ishlab chiqarish resurslari bilan bevosita yoki bilvosita interfeys orqali ishlab chiqarish operatsiyalarini rejalash, boshqarish asoslangan texnologiyadir. Sonli-raqamli dasturaviy boshqarish (numerical control – NT) – ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga bo`lgan eng yyetuk yondoshuvlardan biridir. Sonli-raqamli boshqaruv – bu stanokni boshqarish uchun dasturlashtirilgan komandalardan foydalanishdir; stanok jilvirlash, kesish, frezerlash, shtamplash, parmalash va boshqa usullar bilan xomakini tayyor detalga aylantiradi. Hozirgi paytda kompyuterlar CAD ma`lumotlar bazasidagi buyumlarning geometrik parametrlari va
operator taqdim etayotgan qo`shimcha ma`lumotlar asosida sonli-raqamli dasturaviy boshqariluvchi stanoklar uchun katta dasturlarni generatsiya qilishga qodir.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarining yana bir ahamiyatli funksiyasi – robotlarni dasturlashdir, ular sonli-raqamli dasturaviy boshqariluvchi stanoklarga asboblar va ishlov beriladigan detallarni o`rnatib, avtomatlashtirilgan moslanuvchan uchastkalarda ishlashi mumkin. Robotlar o`zlarining xususiy vazifalarini ham bajarishi, masalan, payvandlash, jihozlar va detallarni yig`ishi va ularni sex bo`ylab tashishi mumkin.
Jarayonlarni rejalashtirish ham asta-sekin avtomatlashtirilmoqda. Jarayonlar rejasi qurilmani tayyorlash bo`yicha operatsiyalar ketma-ketligini boshidan oxirigacha hamma zarur bo`lgan jihozlarda aniqlash mumkin. Jarayonlarni rejalashtirishni to`liq avtomatlashtirish amalda mukin bo`lmasa ham, muayyan detalga ishlov berish rejasi, agar shunga o`xshash detallarga ishlov berish rejasi bor bo`lsa, avtomatlashtirilishi mumkin. Buning uchun guruhlash texnologiyasi ishlab chiqilgan, u o`xshash detallarni oilalarga birlashtirish imkonini beradi. Agar detallar umumiy ishlov berish xususiyatlari (o`rindiqlar, pazlar, faskalar, teshiklar va h.k.)ga ega bo`lsa, ular o`xshash hisoblanadi. Detallar o`xshashligini bilib olish uchun CAD ma`lumotlar bazasi shunday xususiyatlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lishi kerak. Bu vazifa obyektga yo`nalgan modellash yoki elementlarni tanish yordamida amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan konstruksiyalash (computer-aided engineering – CAE)
– bu CAD geometriyasini tahlil qilish, modellash va mahsulot konstruksiyasini takomillashtirish uchun uning xususiyatlarini o`rganish uchun kompyuter tizimidan foydalanishdir.
CAE vositalari tahlilning har xil variantlarini bajarishi mumkin. Masalan, kinematik hisoblash dasturlarini harakat trayektoriyalarini va mexanizmlardagi zvenolar tezliklarini aniqlashga qodir. Dinamik tahlil dasturlari avtomobillar kabi murakkab tarkibli qurilmalarda yuklanish va siljish (deformatsiya)larni aniqlash uchun qo`llanilishi mumkin. Mantiqni tahlil qiluvchi va sinxronizatsiyalovchi dasturlar murakkab elektron zanjirlar ishini imitatsiya qiladi.
Konstruksiyalarni optimizatsiyalashga mo`ljallangan ko`p dasturaviy vositalar mavjud. Optimizatsiyalashga mo`ljallangan vositalar CAE sinfiga kiritilishi mumkin bo`lsa ham, odatda ularni alohida ko`rib chiqishadi.
Optimizatsiyalash va tahlilni birlashtirish yo`li bilan konstruksiya shaklini avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda [13]. Bu yondoshuvlarda konstruksiyaning boshlang`ich shakli sodda ko`rinishda taklif qilinadi, masalan, zichligi har xil bo`lgan katta bo`lmagan elementlardan tarkib topgan ikki o`lchamli to`g`ri to`rt burchakli obyekt kabi; bunday shakl kuchlanishlarga qo`yilgan cheklashlarni hisobga olgan holda muayyan maqsadga erishish imkonini beradi. Maqsad – ko`pincha og`irlikni minimallashtirish bo`ladi.
Zichlikning optimal qiymatlari aniqlangandan so`ng, obyektning optimal shakli hisoblanadi. Bunga zichlik qiymati kichik bo`lgan elementlarni tashlab yuborish bilan erishiladi.
Tahlil va optimallashtirish metodlarining ajoyib xususiyati shundaki, ular konstruktorga tayyor mahsulot sifat (xossa)larini oldindan ko`rabilish va real prototiplarni yaratish va testdan o`tkazguncha mumkin bo`lgan xatoliklarni namoyon qilish vash u bilan ma`lum xarajatlarga yo`l qo`ymaslik imkonini beradi.
Demak, CAD, CAM va CAE texnologiyalarining vazifasi – mahsulot hayotiy siklining muayyan bosqichlarini avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishdir.






















Xulosa



Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Avtomatlashtirilgan konstruksiyalash (computer-aided engineering – CAE)
– bu CAD geometriyasini tahlil qilish, modellash va mahsulot konstruksiyasini takomillashtirish uchun uning xususiyatlarini o`rganish uchun kompyuter tizimidan foydalanishdir. CAE vositalari tahlilning har xil variantlarini bajarishi mumkin. Masalan, kinematik hisoblash dasturlarini harakat trayektoriyalarini va mexanizmlardagi zvenolar tezliklarini aniqlashga qodir. Dinamik tahlil dasturlari avtomobillar kabi murakkab tarkibli qurilmalarda yuklanish va siljish (deformatsiya)larni aniqlash uchun qo`llanilishi mumkin. Mantiqni tahlil qiluvchi va sinxronizatsiyalovchi dasturlar murakkab elektron zanjirlar ishini imitatsiya qiladi.
Konstruksiyalarni optimizatsiyalashga mo`ljallangan ko`p dasturaviy vositalar mavjud. Optimizatsiyalashga mo`ljallangan vositalar CAE sinfiga kiritilishi mumkin bo`lsa ham, odatda ularni alohida ko`rib chiqishadi.
Optimizatsiyalash va tahlilni birlashtirish yo`li bilan konstruksiya shaklini avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda [13]. Bu yondoshuvlarda konstruksiyaning boshlang`ich shakli sodda ko`rinishda taklif qilinadi, masalan, zichligi har xil bo`lgan katta bo`lmagan elementlardan tarkib topgan ikki o`lchamli to`g`ri to`rt burchakli obyekt kabi; bunday shakl kuchlanishlarga qo`yilgan cheklashlarni hisobga olgan holda muayyan maqsadga erishish imkonini beradi. Maqsad – ko`pincha og`irlikni minimallashtirish bo`ladi.
Zichlikning optimal qiymatlari aniqlangandan so`ng, obyektning optimal shakli hisoblanadi. Bunga zichlik qiymati kichik bo`lgan elementlarni tashlab yuborish bilan erishiladi.







Download 31.18 Kb.
  1   2




Download 31.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: cae tushunchasi Mavzu rejasi

Download 31.18 Kb.