• Nazariy qism
  • Mavzu: Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini o'qitish metodikasi. Ishdan maqsad




    Download 12,15 Kb.
    bet1/3
    Sana13.02.2024
    Hajmi12,15 Kb.
    #155761
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzul-fayllar.org


    Mavzu: Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini o'qitish metodikasi. Ishdan maqsad



    Mavzu:
    Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini o'qitish 

    metodikasi.



    Ishdan maqsad: Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini
    o'qitish metodikasini o’rganish. 


    Nazariy qism: 
    Dasturlar. Kompyuterni biron bir amalni bajprishga majburlash uchun, siz (yoki 
    boshqalar) unga nima xoxlayotganingizni aniq, batafsil aytishingiz kerak. Bundan
    tashqari, biz o’zimiz bajarishimiz kerak bo’lgan vazifa tavsifini olamiz, masalan, 
    "yaqin oradagi kinoteatrga qanday borish mumkin" yoki "to’lqinli pechda go’shtni
    qanday qovurish mumkin". bunday tavsiflar va dasturlar orasidagi farq aniqlik 
    darajasida aniqlanadi: insonlar sog‗lom aql bilan qo‗llanmani noaniqligini
    aniqlashga harakat qiladilar, kompyuter bunday qila olmaydi. Masalan, "yo’lak 
    bo’ylab o’nga, zinadan yuqoriga, so’ngra chapga" - yuqori qavatdagi yuvinish
    xonasini topish imkonini beruvchi aniq qo’llanma. Biroq, agar siz bunday sodda 
    qo’llanmaga qarasangiz, u holda ular grammatik noaniqligi va to’liq emasligini
    ko’rish mumkin. Masalan, siz stol atrofida o’tiribsiz va yuvinish xonasiga qanday 
    o’tishni so’radingiz. Sizga javob beruvchi, o’rningizdan turishingizni, uni aylanib
    o’tishingizni va boshqalarni aytishi shart emas. Yana sizga hyech kim sanchqini 
    stolga qo’yishingiz, zanadan ko’tarilayotganda chiroqni yoqishingiz kerakligini,
    yuvinish xonasiga kirish uchun eshikni ochish kerakligini maslahat bermaydi
    Qarama-qarshi holatda bunga kompyuterning aqli yetmaydi. Unga barchasini aniq 

    va batafsil tavsiflash kerak. Kompyuterga qo’llanmani batafsil tavsiflash uchun,


    o’ziga xos grammatikaga ega bo’lgan aniq belgilangan til hamda biz bajarishni 
    xoxlayotgan faoliyatlarni barcha ko’rinishlari uchun yaxshi aniqlikdagi lug‗at
    kerak bo’ladi. Bunday til dasturlash tili va ko’p qamrovli masalalarni yechish 
    uchun ishlab chiqilgan - C++ dasturlash tili deb nomlanadi.
    C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o‘z navbatida B va BCPL tillaridan 
    kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion
    sistemalarni yozish uchun mo‘ljallangan edi[42]. Ken Thompson o‘zining B tilida 
    BCPL ning ko‘p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion tizimining birinchi
    versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo‘lgan. Ya’ni o‘garuvchilarning 
    ma’lum bir tipi bo‘lmagan - har bir o‘zgaruvchi kompyuter xotirasida faqat bir
    bayt joy egallagan. O‘zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun son-mi, 
    kasrli son-mi yoki harfdek-mi, dasturchi vazifasi bo‘lgan. C tilini Dennis Ritchie B
    dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 
    kompyuterida qo‘lladi. C o‘zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko‘p muhim
    tomonlarini o‘z ichiga olish bilan bir qatorda o‘zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir 
    qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng
    tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C 

    mashina arxitekturasiga bog‘langan tildir. Lekin yaxshi rejalashtirish orqali


    dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo‘ladi[41]. 1983 
    yilda C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning
    uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 texnik komitet 
    tuzildi va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo‘yicha keng
    tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) 
    hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul 40 qilishdi. Shu
    sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o‘zgarishlar yoki umuman 
    o‘zgarishlarsiz juda ko‘p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar
    boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda 
    ko‘p qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob’ektlar bilan
    dasturlashga imkon beradi. 


    Download 12,15 Kb.
      1   2   3




    Download 12,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dasturlash, dasturlash elementlari, dastur turlari mavzularini o'qitish metodikasi. Ishdan maqsad

    Download 12,15 Kb.