|
Mavzu: davriy sistemaning lantanoidlar va aktinoidlar gruppasi
|
bet | 3/5 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #147775 |
Bog'liq Rahimov Kamolidin. kimyo Bu guruh elementlari lantan, ittriy, skandiylar bilan birgalikda nodirer elementlari deb ataladi. L. seriy va ittriy guruhchalariga boʻlinadi. L.ning bir necha tabiiy va sunʼiy izotoplari mavjud. L.ning sirtqi ikki elektron qobiqlari bir xil tuzilganligi tufayli ularning fizik-kimyoviy xos-salari, spektrlari oʻxshash. L. — kumushdek oq, baʼzilari, mas, prazeodim, neodim sargʻish metallar. Seriy guruhchasi elementlarining suyukdanish temperaturasi ittriy guruhchasi elementlariga qaraganda ancha past. Barcha L. va lantanda paramagnit, baʼzilarida ferromagnit xossalari bor. Azot bilan esa 750—1000°da reaksiyaga kirishib, RN (bu yerda R — L.) koʻrinishidagi nitridlar hosil qiladi. L. qizdirilganda uglerod, uglerod (P)-oksid, karbonat angidrid, metan gazi bilan birikadi va RC2 (bu yerda R—L) koʻrinishidagi karbid hosil qiladi. Ular havo va suvda oson parchalanadi. L. oltingugurt bugʻlarida qizdirilganda sulfidlar hosil boʻladi. Ular issiqqa chidamli va qiyin suyuqlanadi.
Azot bilan esa 750—1000°da reaksiyaga kirishib, RN (bu yerda R — L.) koʻrinishidagi nitridlar hosil qiladi. L. qizdirilganda uglerod, uglerod (P)-oksid, karbonat angidrid, metan gazi bilan birikadi va RC2 (bu yerda R—L) koʻrinishidagi karbid hosil qiladi. Ular havo va suvda oson parchalanadi. L. oltingugurt bugʻlarida qizdirilganda sulfidlar hosil boʻladi. Ular issiqqa chidamli va qiyin suyuqlanadi.
L.ning gidroksidlari asos xossalarini namoyon qiladi, suvda va ishqorlarda oz eriydi. Uch valentli L.ning xloridlari, sulfatlari va nitratlari suvda eriydi. Ftoridlari va ok-salatlari suvda va suyultirilgan mineral kislotalarda oz eriydi. L.ning fosfatlari, karbonatlari va ferritsianidlari suvda qiyin eriydi.
L. koʻpgina organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan limon kislota va aminopoli-sirka kislota qatori — nitrilotri-sirka kislota (NTA) va etilendia-mintetrasirka kislota (EDTA) va boshqa bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning ahamiyati katta. L. yer poʻstining massa jihatdan 1,78-10~2%ini tashkil qiladi. Ayniqsa, lantan, seriy va neodim keng tarqalgan. L. tarkibida nodir-yer elementlari bor minerallardan (250 dan ortiq) metallotermik hamda elektroliz usulida olinadi. L. qora va rangli metallurgiya, shisha, kimyo, toʻqimachilik sanoatida, optik asboblar va teri (koʻn) ishlab chiqarishda, radioelektronika sanoatida, atom reaktorlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtda L.dan qishloq xoʻjaligida insektitsid va mikrooʻgʻit sifatida foydalanilmoqda. Stalina Kosimova.
Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan oxirgi elektron tashqaridan uchinchi qavatning f-pog’onachasiga joylashadi, tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o’zgarishsiz qoladi. Ularning tashqi qavatida ikkitadan elektroni bor. Shuning uchun ham latanoidlar kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o’xshash xossalarga ega.
Lantanoidlarning xossalari La va Y ga oxshab ketadi. Ularning oksidlanish darajasi +3. La, Gd va Lu o’zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo’lsa uch va to’rt valenlikni namoyon etadi. Ba’zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega.
Lanatanoidlarda yadro zaryadi ortgani bilan Ce dan Lu ga qarab ion radiusi kamayib(lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi.
|
| |