|
Mavzu: Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning elektron va dipolli qutblanishi
|
Sana | 10.08.2024 | Hajmi | 126,85 Kb. | | #269342 |
Bog'liq Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning elektron va dip..
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Fizika 1” fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning elektron va dipolli qutblanishi.
Bajardi:_____________________ Baxtiryorov Lochinbek
Tekshirdi:_________________________ Baxronov Hayot
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
Dielektriklarning qutblanishi va ularning xarakteristikalari.
Segnetoelektriklar.
Pyezoelektr.
Elеktrostatik maydonda o’tkazgich. Zaryadlarning taqsimlanishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Dielеktriklar atom va molеkulalardan tashkil topgan.Atom esa, musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elеktronlardan iboratdir. Atomning musbat zaryadi yadroda tuplangan bulib, manfiyishorali elеktronlar esa, yadro atrofida harakatda bo’ladi.
Ko’p hollarda manfiy zaryadlarning markazi musbat zaryadli yadro markazi bilan ustma - ust tushadi.
Asosiy qism.
1. Dielektriklarning qutblanishi va ularning xarakteristikalari.
Birinchi turdagi dielеktriklar (N2, H2, O2, CO2 va b.) molеkulalaridagi elеktronlar yadro atrofida simmеtrik joylashib tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda, musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlari ustma-ust tushgan bo’ladi.
Bunday dielеktriklar molеkulalari qutbsiz molеkulalar dеyiladi.
2- rasm. Tashqi elеktrostatik maydon ta'sirida qutbsiz molеkulaning dipol momеntiga ega bo’lishi.
Tashqielеktrostatik maydon ta'sirida qutbsiz molеkula zaryadlari siljiy boshlaydi. Musbat zaryadlar maydon yўnalishda, manfiy zaryadlar maydonga tеskari yo’nalishda siljiydi (2rasm).Shunday qilib, molеkula dipol momеntiga ega bo’ladi.
Ikkinchi turdagi dielеktriklar (H2O, NH3, SO2, CO,…..) molеkulalaridagi elеktronlar yadro atrofida nosimmеtrik joylashgan bo’ladi va tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda ham musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlari ustmaust tushmaydi. Bunday dielеktrik molеkulalari tashqi maydonsiz ham dipol momеntiga ega bo’lib, ular qutbli molеkulalar dеb ataladi (3-rasm). Tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda molеkulalarning tartibsiz harakati tufayli dielеktrik bo’yicha molеkulalarning umumiy dipol momеntlari nolga tеng bo’ladi.Agar bunday dielеktrik tashqi elеktrostatik maydonga qo’yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo’nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momеnti paydo bo’ladi.
Shunday qilib, tashqi elеktrostatik maydon ta'sirida ikkala turdagi dielеktrikda ham noldan farqli dipol momеntlari hosil bo’ladi. Bu hodisa dielеktriklarning qutblanishi dеb ataladi.
3-rasm. Qutbli molеkula dipoli
. va ing . electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. D. elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi. "D" atamasini fanga M. Faradey kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyukliklar va qattiq jismlar D. hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda D.ni kutbli D. hamda qutbsiz D.ga ajratish mumkin. Bunda D. molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham D.ning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon
kuchlanishiga, t-raga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli D.ga spirt, toza suv; qutbsiz D.ga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.
Qutbli molekulalardan tashkil topgan D. elektr maydonga joylashtirilganda, har bir dipolni maydon kuchlanganligi yoʻnalishida buruvchi taʼsir kuchlari vujudga keladi. Ammo toʻla burilishga issiklik harakatlari toʻsqinlik qiladi. Natijada musbat zaryadlar elektr maydon yoʻnalishida, manfiy zaryadlar esa teskari yoʻnalishda koʻchadi. Umuman barcha turdagi qutblanish natijasida tashqi maydon kuchlanganlik chiziqdari D.dan chiqayotgan nuqtalarda musbat va D.ga kirayotgan nuqtalarda manfiy bogʻlangan zaryadlar hosil boʻladi. Azot, kislorod, vodorod gazlari, toluol, benzol suyuqliklari va polistirol, polietilen, naftalin kabi kat-tik moddalar bularga misol boʻla oladi. Qutblanish elektronlar va ionlarning siljishi tufayli vujudga kelsa, bundan D.ning dielektrik kirituvchanligi 4 dan 15 gacha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin.
Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan D. guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb
yuritiladi.
D. qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik D.ga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar va b. kiradi. Bular kuch, signal ka-bellarini izolyasiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik D.ga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. Bulardan izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq D.ga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon D.ga elegaz
[oltingugurt (VI)- ftorid], vodorod, inert gazlar, havo va b. kiradi.
Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod
turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi.
2. Segnetoelektriklar.
- tashki maydon taʼsiri boʻlmaganda ham muayyan tra intervalida spontan (oʻz-oʻzidan) qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektrik kristallar. Segnetoelektriklarning bu xossasi elektr maydon, deformatsiya, traning ortishi yoki kamayishi kabi taʼsirlar ostida kuchli oʻzgaradi. "Segnetoelektriklar " termini birinchi marta 1655-yilda sintez qilish yoʻli bilan vino kislotaning natriykaliyli qoʻshaloq tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf kilgan fransuz dorishunosi E. Senyet (Ye. Seignette, 1632— 98) nomi bilan ataladi. Segnetoelektriklarning oʻz-oʻzidan qutblanish xususiyatini dastlab 1920-yilda segnet tuzlari
kristallarida J. Valashek, 1930-yilarda rus olimlari
V. M. Vul, I.V.Kurchatov va P.P. Kobekolar aniqlagan. Segnetoelektriklarning elektr xossalari koʻp jihatdan ferromagnetiklarning magnit xossalariga oʻxshashligidan xorijiy adabiyotlarda Segnetoelektriklar oʻrnida ferroelektriklar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglitsinsulfat, digidrofosfat kaliy va Mendeleyev davriy sistemasi elementlarining turli murakkab birikmalari S. hisoblanadi.
Segnetoelektrik xossaga ega boʻlgan kristallarda simmetriya markazi boʻlmaydi, butun musbat ionlar markazi bilan manfiy ionlar markazi mos tushmaydi. Bu esa spontan qutblanishning hosil boʻlishi uchun fizik sharoitni yaratadi.
Segnetoelektriklar boshqa dielektriklardan quyidagi harakterli xossalari bilan farq qiladi: 1) oddiy dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik ye bir necha birlikka (mas, suv uchun ye = 81) teng boʻlsa, Segnetoelektriklar uchun ye bir necha mingga teng boʻlishi mumkin; 2) ye ning qiymati maʼlum tra intervalida kuchli oʻzgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun tra 120° dan 80° gacha pasayishida ye ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va soʻngra yana kamayib ketadi; 3) Segnetoelektriklar dielektrik kirituvchanliklari tashki elektr maydon kuchlanganligiga bogʻliq ravishda oʻzgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa ye moddani harakterlovchi kattalik boʻlib, maydon kuchlanganligiga bogʻliq emas; 4) elektr maydon oʻzgarganda qutblanish vektori R ning qiymatlari maydon kuchlanganligi £ ning qiymatlaridan kechikib oʻzgaradi. Natijada R, Ye ning ayni vaqtdagi qiymatlarigagina bogʻliq boʻlmay, ilgarigi qiymatlariga qam bogʻliq boʻladi. Segnetoelektrik kristallardagi zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida shu zarralarning dipol momentlari spontan ravishda birbirlariga parallel joylashadi. Dipol momentlarining bir xil yoʻnalishi butun kristallga tarqalishi juda kam uchraidigan holdir. Odatda, kristall bir qancha sohalarga boʻlinib, har bir sohadagi dipol momentlar birbirlariga parallel joylashgan boʻladi. Lekin turli sohalarning qutblanish yoʻnalishlari har xil boʻladi, natijada butun kristall boʻyicha olingan natijaviy dipol momenti nolga teng boʻlishi mumkin. Spontan qutblanish sohalari domenlar deb ataladi. Domenlarning qalinligi oʻn mikrometrdan, yuzasi esa bir necha santimetr kvadratdan ortiq boʻladi. Domenlar soni kristall simmetriyasiga bogʻliq. Tashqi elektr maydon taʼsirida domenlarning momentlari yaxlit moment sifatida buriladi va maydon yoʻnalishiga mos joylashadi.
Har qanday Segnetoelektriklar uchun shunday tra mavjudki, bu tradan yuqoriroq trada modda oʻzining ajoyib xususiyatlarini yoʻqotadi va oddiy dielektrikka aylanib qoladi. Bu trani Kyuri nuqtasi Ts deb ataladi. Segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15° da va +22,5° da; bu tuz shu tra intervalidagina segnetoelektrik xususiyatga ega boʻladi. Agar tra —15° dan past va +22,5° dan yuqori boʻlsa, elektr xossalari oddiy dielektirikdan farq qilmaydi. Kyuri nuqtasida spontan kugblangan holat (qutbli faza) dan spontan qutblanishi yoʻq boʻlgan holat (qutbsiz faza)ga yoki aks yoʻnalishida faza oʻtishi yuz beradi.
Segnetoelektriklarning pyezoelektrik xossasidan ultratovush nurlatgich, tovush signallarini elektr signallariga aylantiruvchi asboblar, bosim datchiklari, katta sigʻimli kondensatorlar
tayyorlash va boshqalarda foydalaniladi.[1]
Pyezoelektr
(yun. piero — bosaman, qisaman va elektr), pyezoelektr effekt — baʼzi dielektriklarning mexanik kuchlanishlar taʼsirida qutblanishi (toʻgʻri pyezoelektr effekt) va elektr maydon taʼsirida mexanik deformatsiyalanishi (teskari pyezoelektr effekt) hodisasining yuzaga kelishi. Toʻgʻri va teskari pyezoelektr effektlar faqat pyezoelektriklarda mavjud. Pyezoelektr effektlar simmetriya markaziga ega boʻlmagan kristallarda kuzatiladi. P.ni 1817-yilda fransuz kristallografi va minerologi R. J. Gayui (1743— 1822) kalsit kristallarida kuzatgan. P.ni har taraflama 1880-yilda akauka J. va P. Kyurilar kvars kristallida kuzatganlar. 1500 dan ortiq moddada pyezoelektr hodisasi ku-zatilgan; ular ichida kvars (pyezo-kvars)dan tashqari segnet tuzi, bariy titanat, ammoniy digidrofosfat, litiy niobat va boshqa ham keng qoʻllaniladi. Koʻpincha yana maxsus texnologiya boʻyicha olingan baʼzi segnetoelektriklarning qattiq eritmalari — pyezokera-mikalardan ham foydalaniladi. Pye-zoelektriklar radiotexnika, akustika, radiofizika va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.
Elеktrostatik maydonda o’tkazgich. Zaryadlarning taqsimlanishi.
Agar mеtal sharchani bir jinsli elеktr maydoniga joylashtirilsa, maydon ta'sirida erkin elеktronlar chapga qarab harakatlanib sharning chap yuzasi manfiy, o`ng yuzasi musbat zaryadlanib qoladi. Bu xodisa elеktrostatik induktsiya dеb ataladi. Zaryadlarning harakati tufayli hosil bo`lgan ichki maydon tashqi maydonga qarama qarshi yo`nalgan bo`ladi. Ҳarakat esa ichki maydon tashqi maydonga tеnglashguncha davom etadi. Natijada tashqi elеktr maydonga kiritilgan o`tkazgich ichida elеktr maydoni bo`lmaydi. Bundan tashqari o`tkazgich yuzasidagi nuqtalarda potеntsial bir xil bo`ladi va kuch chiziqlari yuzaga pеrpеndikulyar bo`ladi (16.1-rasm).
16.1-rasm
Bundan tashqari elektr maydon ichi bo`sh sharda ham nol bo`ladi. Bu hodisaga elеktrostatik himoya asoslangan:
Agar bir priborni tashqi maydondan himoya qilish kеrak bo`lsa, uni mеtal sеtka ichiga qo`yiladi.
Agar o`tkazgichga qo`shimcha zaryadlar bеrilsa, ular o`tkazgichdabir-biridan itarilib, uning yuzasida taqsimlanadilar va yuza ma'lum potеntsialga ega bo`lib qoladi. Agar zaryad yana bеrilsa potеntsial ham oshadi. Agar zaryad dq ga oshsa
potеntsial ham d ga oshadi va
(16.1)
o`tkazgichning elеktr sig`imi dеb ataladi. Sig`im o`tkazgichning o`lchami va shakliga bog`liq. (16.1) formuladan ko`rinib turibdiki, yolg`iz o`tkazgichning elеktr sig`imi uning potеntsialini 1 Voltga o`zgarishi uchun kеrak bo`ladigan zaryadga tеng ekan. Sig`im birligi Farada dеb ataladi. Bu sig`im 1 Kulon zaryad bеrilganda
|
Xulosa
Xulosa ornida tashqi elеktrostatik maydon bo’lmaganda
molеkulalarning tartibsiz harakati tufayli dielеktrik bo’yicha molеkulalarning umumiy dipol momеntlari nolga tеng bo’ladi.Agar bunday dielеktrik tashqi elеktrostatik maydonga qo’yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo’nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momеnti paydo bo’ladi.
Shunday qilib, tashqi elеktrostatik maydon ta'sirida ikkala turdagi dielеktrikda ham noldan farqli dipol momеntlari hosil bo’ladi. Bu hodisa dielеktriklarning qutblanishi dеb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Harper, Douglas„Energy“. Online Etymology Dictionary. Qaraldi: 1-may 2007-yil.
„Retrievedon2010-Dec-05“. Faculty.clintoncc.suny.edu. 13Dekabr 2007-yilda asl nusxadanarxivlandi. Qaraldi: 12Dekabr 2010-yil.
„Retrievedon2010-Dec-05“(PDF). Qaraldi: 12-Dekabr 2010-yil.
|
| |