|
Mavzu: Egri chiziqli integrallar Reja: Kirish Asosiy qism
|
bet | 1/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #234429 |
Bog'liq 1-Egri chiziqli integrallar
Mavzu: Egri chiziqli integrallar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Egri chiziqli integral
Egri chiziqli integralni hisoblash
Egri chiziq bilan chegaralangan sohaning yuzi egri chiziqli integral orqali ifodalash.
Grin formulasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
“Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqilli, keng tafakkuri bo‘lib o‘sadi istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridan, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bu jarayonda oxirgi yillarda qilingan
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi ustuvor yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb–hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikda, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mol’jalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, imkoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdur tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta bu fikrlarni barchasiga ham ma’lum ma’noda haqiqat ratsional mag’iz bor. Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy.
|
| |