• 3. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi.
  • Tovarning maksimal va minimal bahosi




    Download 89 Kb.
    bet7/8
    Sana19.12.2023
    Hajmi89 Kb.
    #124085
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elastiklik nazariyasini amaliyotda
    moliya-tizimi-va-davlat-byudjetlarining-turli-sohalarga-va-boginlarga-bolinishi, Manaviyat va falsafa 1, elektronika (l)№6, kiberxavfsizlik asoslari, file, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), Fani bo’yicha mustaqil ish mavzu axborotni ruxsatsiz foydalanis-fayllar.org, Bazar xojalig’i sistemasinda miynet bazari, Ekonomika fakulteti 3A-menedjment bag’dari studenti Jaylibaev Dauletg’aliydin’, asosiy faoliyat buyruqlari
    Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o’rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo’lsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o’rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi (2.9-rasm).

    Tovar tanqisligini davlat o’z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo’li bilan echadi, ya’ni o’z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.


    Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo’lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha Yuqori bo’lishi mumkin).
    Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo’lsa, (Re-muvozanat narx) (2.9-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin bo’lmasa.
    Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o’rnatiladi. Minimal narxning o’rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to’planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 2.10-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu erda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo’lgan vaziyatni ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o’zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
    3. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi.
    Ma’lumki, tovarga bo’lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa tovarlar narxiga bog’liqdir. Xuddi shunday, taklif tovar narxiga va tovarni ishlab chiqarish xarajatiga bog’liq.
    Masalan, olmaning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin, biz shu tovarga talabni yoki taklifini miqdoriy jihatdan o’sishi yoki kamayishini bilmoqchimiz. Agar olma narxi 15% ga oshsa, unga bo’lgan talab qanchaga o’zgaradi? Yoki daromad 10% ga oshgandagi talab qanchaga o’zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz.
    Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir.
    Bunga eng muhim misollardan biri bo’lib, narxga bog’liq bo’lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o’zgarishi, unga bo’lgan talabninng necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi.
    Bu ko’rsatkichni to’liqroq ko’rib chiqamiz. Narxga bog’liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz:
    (1)
    bu erda - ning foiz bo’yicha o’zgarishi; - ning foiz o’zgarishi.
    Shuni eslatish lozimki, foiz o’zgarish, o’zgaruvchining absolyut o’zgarishini, o’zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir, ya’ni:

    .
    Demak,


    . (2)
    Agar talab uzluksiz funktsiya sifatida, ya’ni ko’rinishida berilgan bo’lsa, uning elastiklik koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
    .
    Narxga bog’liq talab elastikligi manfiydir, ya’ni . Tovar narxi oshganda, unga talab kamayadi, shuning uchun . (2) tenglamadan kelib chiqadiki, narxga bog’liq talab elastikligi, narxning tovar miqdoriga nisbatining birlik narxga to’g’ri keladigan tovar birligi o’zgarishiga ko’paytirishdan hosil bo’ladigan miqdorga teng. Lekin, talab egri chizig’i bo’yicha yurganda o’zgarishi yoki o’zgarmasligi mumkin, narx va tovar miqdori esa har doim o’zgarib boradi. Demak, narxga bog’liq talab elastikligi talab chizig’ining alohida nuqtasida o’lchanadi va egri chiziq bo’yicha siljiganimizda, u o’zgarib boradi.
    Real statistik ma’lumotlarga ko’ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffitsientlarini quyidagicha aniqlash mumkin,
    Talabning narxga ko’ra elastiklik koeffitsientini hisoblash formulasi:
    .
    Taklifning narxga ko’ra elastiklik koeffitsientini hisoblash formulasi:
    .
    Talabning narxga ko’ra yoysimon elastikligini hisoblash formulasi:

    .
    Bu erda va R1 talabning va tovar narxining boshlang’ich qiymatlari, va R2 - talabnin va tovar narxining o’zgargan qiymatlari.


    Yoysimon elastiklik hisoblanganda, va larning bazis ko’rsatkichlari sifatida, ularning boshlang’ich va o’zgargan qiymatlarining o’rtacha qiymatlari olinadi.
    Misol. Limonga bo’lgan talab 100 dona bo’lganda, har bir limon narxi 21 so’mni tashkil qiladi, talab 200 dona bo’lganda bir dona limon 180 so’m bo’ladi. YOysimon elastiklik koeffitsientini hisoblaymiz.

    .


    demak, bitta limon narxi bir foizga tushganda, unga bo’lgan talab 4,33 foizga o’sadi.
    Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo’lgan talablarga ajratish mumkin.
    Agar talabning narx bo’yicha elastiklik koeffitsienti bo’lsa, talab elastik deyiladi.
    Agar talabning narx bo’yicha elastiklik koeffitsienti bo’lsa, talab noelastik deyiladi.
    Agar talabning narx bo’yicha elastiklik koeffitsienti bo’lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi.
    Misol tariqasida chiziqli talab funksiyasini qaraylik:
    .
    Bu chiziqli funktsiya uchun bo’lib, u o’zgarmasdir. Lekin bu chiziq o’zgarmas elastiklik koeffisientiga ega emas. 3.1-rasm3dan ko’rinib turibdiki, agar biz chiziq bo’yicha pastga qarab yursak miqdor kamayib boradi, natijada elastiklik miqdori ham kamayadi.


    XULOSA
    Raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi.
    Bozor muvozanati bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo’lmaydi.
    Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsientlari miqdorining qzgarishiga ko’ra o’zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo’lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to’lashini aniqlab beradi.



    Download 89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovarning maksimal va minimal bahosi

    Download 89 Kb.