Elektrmaydoni. Maydon kuchlanganligi




Download 4,22 Mb.
bet3/10
Sana21.12.2023
Hajmi4,22 Mb.
#126285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги-fayllar.org

Elektrmaydoni. Maydon kuchlanganligi

Qo‘zg‘almas zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir elektrmaydoni orqali sodir bo‘ladi. Nima uchun qo‘zg‘almas zaryadlarning o‘zaro ta’siri deyishimizga katta sabab bor.


Efirda elektromagnit maydon borligiga oldinroq e’tibor bergan edik. Magnit maydoni asosan harakatdagi zaryadlarga ta’sir etadi. Aksincha, harakatdagi zaryad magnit maydonini hosil qiladi. Shu sababli, zaryadlarning elektrmaydonini o‘rganishda doimo qo‘zg‘almas zaryadlarni tanlab olamiz. Bu bilan elektromagnitmaydonini xuddi ikkiga ajratib, faqat elektrmaydonidagi hodisalarni o‘rganamiz ,deb tasavvur etamiz.
Har qanday zaryad o‘zi egallagan fazoda elektr maydoni hosil qilishi bilan, fazoga o‘zgartirish kiritadi. Hosil bo‘lgan elektr maydoni, shu maydonning istalgan nuqtasiga kiritilgan zaryadga, ma’lum bir kuch bilan ta’sir qiladi. Bu maydon birligini bilish uchun shu fazoga – maydonga sinovchi zaryadni kiritamiz.
Agar q – zaryad maydoniga qc sinovchi zaryad kiritsak va uni qo‘zg‘almas deb hisoblasak, qc – zaryadga quyidagi kuch ta’sir etadi (2 - rasm):


(9)

– birlik vektor. Demak, bu kuch qc – sinovchi va elektrmaydonini hosil qiluvchi q – zaryadlar miqdoriga bog‘liqdir.



2-rasm. Elektr maydoniga kiritilgan sinovchi zaryadga ta’sir etuvchi kuch

Agar q zaryad maydoni atrofidagi fazoga , har xil sinovchi zaryadlar kiritsak, ta’sir etuvchi kuchlar F1, F2bo‘ladi va  nisbat doimo o‘zgarmas qiy-matga teng bo‘ladi, ya’ni q zaryadning hosil qilgan maydonining xususiyatini belgilaydi. Bu nisbat hosil bo‘lgan elektr maydonining kuchlanganligideb ataladi:



, (10)

Bu maydon kuchlanganligi asosan, - kuch va sinovchi zaryad turgan masofa bilan belgilanadi:



(11)
XB – tizimida 1 Kl zaryadga 1 m masofada 1 N kuch ta’sir etishini bildiradi va V/m bilan o‘lchanadi.


Agar bo‘lsa, musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishi vektor bilan mos tushadi, manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuch esa, maydon yo‘nalishiga teskari bo‘ladi.


Agar qaralayotgan nuqta, sirt yoki hajmda N ta zaryadlar to‘plami bo‘lsa, ular hosil qilgan maydon kuchlanganligi alohida zaryadlar elektrmaydon kuchlanganligining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi:


, (12)
Ana shu ifoda elektr maydonlarining super pozitsiyaprintsipi yoki qo‘shilish printsipi deb ataladi.
Zaryadning fazodagi elektr maydonini ko‘rinishini tasvirlash uchun elektrmaydon kuchlanganligi chiziqlaridan foydalanamiz(3-rasm).
Agar elektr maydon kuch chiziqlari egri chiziqdan iborat bo‘lsa, kuchlanganlik chiziqlari har bir nuqtaga o‘tkazilgan urinmadan iborat bo‘ladi. Chiziqlar zichligi elektr maydon kuchlanganligining shu nuqtadagi kattaligini bildiradi.





Download 4,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 4,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrmaydoni. Maydon kuchlanganligi

Download 4,22 Mb.