• Elektr o ‘zaro ta ’sir
  • Мавзу: Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги. Кулон қонуни. Электр майдон кучланганлиги. Суперпозиция принципи. Электр индукция вектори ва электр индукция куч чизиқлари. Электр индукция окими




    Download 4,22 Mb.
    bet1/10
    Sana21.12.2023
    Hajmi4,22 Mb.
    #126285
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Мавзу Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги-fayllar.org


    Мавзу: Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги. Кулон қонуни. Электр майдон кучланганлиги. Суперпозиция принципи

    Мавзу: Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги. Кулон қонуни. Электр майдони. Электр майдон кучланганлиги. Суперпозиция принципи. Электр индукция вектори ва электр индукция куч чизиқлари. Электр индукция окими. Остроградский-Гаусс теоремаси.

    Elektr ozaro tasir
    Tajribalar ko‘rsatishicha, zaryadlangan va magnitlangan jismlar, shuningdek elektr toki oqayotgan jismlar orasida elektromagnit kuchlar deb ataluvchi o‘zaro ta’sir kuchlari mavjuddir. Jismlar orasidagi bu o‘zaro ta’sir elektromagnit maydon deb ataluvchi o‘ziga xos vositachi materiya orqali uzatiladi.
    Elektromagnit maydon nazariyasining asoschisi Faradey bir jismning boshqasiga ta’siri ularni bir-biriga tekkazish orqali yoki elektromagnit maydon deb ataluvchi, oraliq muhit orqali uzatilishi mumkin, deb hisobladi.
    Maksvell esa, Faradeyning asosiy g‘oyalarini matematik shaklda ifodalab, elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini ko‘rsatib berdi va ularning tarqalish tezligi yorug‘likning vakuumdagi tezligiga mos ekanligini isbotladi.
    Atom – molekulyar nazariyaga asosan, o‘zaro ta’sir kuchlari jismni tashkil etuvchi zaryadli zarrachalar orasidagi elektr o‘zaro ta’sir natijasidir. Bundan, elektromagnit maydon haqiqatan ham mavjudligi va umateriyaning bir ko‘rinishi ekanligi kelib chiqadi.
    Elektromagnit maydonenergiya, impuls va boshqa fizikaviy xususiyatlarga egadir.
    Zaryadlangan A jism atrofidagi fazoda elektrmaydon hosil bo‘ladi. Bu maydon unga kiritilgan boshqa biror bir zaryadlangan V jismga ko‘rsatayotgan ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, A jismning zaryadlari hosil qilgan maydon boshqa zaryadlangan jism joylashtirilmaganda ham fazoning har bir nuqtasida mavjuddir. Elektromagnit maydon mavjud bo‘lgan fazo-efir yoki vakuum deb ataladi.
    Elektron nazariyaning asosiy g‘oyasini zamonaviy fizika tilida quyidagicha ifodalash mumkin: har qanday modda musbat zaryadli atom yadrosidan va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan. Elektr zaryadi ayrim elementar zarrachalarning muhim xususiyati hisoblanib, bu zarrachalarning zaryadi e – elementar zaryadga teng.

    Harqanday q zaryad bir qancha elementar zaryadlardan tashkil topganligi tufayli, u doimo e – ga karrali bo‘ladi.



    , (1)
    Elektr zaryadlari paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkin, ammo bu holda albatta har xil ishorali ikkita zaryad bo‘lishi shart.

    Shunday qilib, elektrdan ajratilgan tizimlarda zaryadlar yig‘indisi o‘zgarmas bo‘ladi va bu zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi.



    (2)

    Download 4,22 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 4,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги. Кулон қонуни. Электр майдон кучланганлиги. Суперпозиция принципи. Электр индукция вектори ва электр индукция куч чизиқлари. Электр индукция окими

    Download 4,22 Mb.