Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. (Ms excel dasturi) Reja




Download 33.03 Kb.
bet6/6
Sana02.11.2022
Hajmi33.03 Kb.
#28885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu. Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi.

Murojat operatorlari
Formulalarni kiritishda yacheyka adreslarini yozish qо‘lda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bо‘lgani uchun ularni avtomatik ravishda yozish ham mumkin, buning uchun yozilishi kerak bо‘lgan yacheykani sichqonchada bir marta kо‘rsatish kifoY.
Kо‘p hollarda hisoblash formulalaridan foydalanishda yacheykalar adresini absolyut adreslarga almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Chunki formulalardan nusxa kо‘chirishda yacheykalar adreslari ustun yoki satr bо‘yicha siljiydi. Agar absolyut adres qilinsa ular siljimaydi. Masalan, yuqoridagi misoldagi A2 yacheykadan F2 yacheykaga nusxa kо‘chirilsa bu F2 yacheykadagi formula quyidagi kо‘rinishni oladi: =(4+F1^2)/(1-F1^3). Natija esa 4 ga teng chiqadi. Chunki F1 yacheyka bо‘sh. Shu sabab Excel undagi qiymatni 0 deb oladi.
Formulalardan nusxa olishda undagi adreslar satr va ustun bshyicha siljimasligi uchun Excelda absolyut adres tushunchasi kiritgan bо‘lib, absolyut adresga о‘tish shu adres ustun va satr raqamlari oldiga $ (doller) belgisi qо‘yilishi bilan bajariladi. Masalan, $F6, G$12. Yuqoridagi misolni qaraydigan bо‘lsak, undagi A2 yacheykaga =(4+$A$1^2)/(1-$A$1^3) formulani kiritish kerak bо‘ladi. Bu shuni kо‘rsatadiki A2 yacheykadan boshqa yacheykalarga nusxa olinsa undagi formula о‘zgarmaydi.
Excelda biror varaqda (listda) ish bajarayotganda boshqa varaqdagi ma’lumotlarni ham ishlatish mumkin. Buning uchun boshqa varaq yacheyka adreslari oldiga shu varaq nomi va undov belgisini qо‘yish kifoya, masalan, List1!A5.
Yacheykalar guruhiga murojaat etish uchun birinchi va oxirgi yacheykalar adreslari orasiga ikki nuqta qо‘yish kifoY. Masalan, A5:A10 – bu A ustunidagi A5, A6, A7, A8, A9, A10 yacheykalariga murojaatni kо‘rsatadi. A5:E5 – bu 5 satrdagi A5,B5,C5,D5,E5 yacheykalariga murojaatni kо‘rsatadi. Yacheykalar blokiga murojaat esa, masalan S6:E8 kabi yoziladi. Bu 9 ta C6, C7, C8, D6, D7, D8, E6, E7, E8 yacheykalariga murojaatni bildiradi.
Yacheykalarga murojaatni yacheykalarni nomlash orqali ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yacheykani ajratish va menyuning Vstavka-Imya-Prisvoit buyrug‘ini tanlab nom berish kerak. Masalan, A5 yacheykaga RR nom berilgan bо‘lsa, formulada uning о‘rniga RR yozsa ham bо‘ladi.
Excel hisoblash formulalarini ishlatishda о‘zining bir qancha standart funksiyalaridan foydalanadi. Excelda funksiya о‘zgaruvchi bо‘lib о‘z nomiga ega va uning qiymatlari unga bog‘liq bо‘lgan argument qiymatlariga bog‘liqdir. Uning argumentlari vergullar bilan ajratilib qavs ichida yoziladi. Funksiya argumentlari sifatida sonlar, yacheyka adreslari, yacheykalar diapazoni, arifmetik ifodalar va funksiyalar ishlatilishi mumkin. Excelda ayrim argumentga ega bо‘lmagan funksiyalar ham mavjud, unga misol qilib  sonini olish mumkin. Bu funksiya PI() deb yoziladi va 3.1415... qiymatni qaytaradi.
Download 33.03 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 33.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. (Ms excel dasturi) Reja

Download 33.03 Kb.