• · «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца»
  • Qatorlar balandligini o‘zgartirish
  • · «Главная» - «Формат» — «Высота строки»
  • Mavzu: Elеktrоn jаdvаllаr. Fоrmulа vа funktsiyalаr bilаn ishlаsh. Hujjаtlаrni yarаtish, sаqlаsh vа yuklаsh. Оddiy jаdvаllаrni hоsil qilish. Exceldа asоsiy stаtistik vа mаtеmаtik funktsiyalаr. Diаgrаmmа vа grаfiklаrni hоsil qilish




    Download 1.34 Mb.
    bet5/11
    Sana02.02.2023
    Hajmi1.34 Mb.
    #40684
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7-mavzu ok
    3- variant kitob - копия (2), 2- variant kitob - копия, oxirgi maqola 2222 tayyor, Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va, 141 Maqsudov Ulugbek Qurbonovich 988-995, 1-kurs kechki yangi jadval, mustaqil ish (2), Kafedrada tashkil etilgan to\'garak umumiy ish rejasi, Kompyuter arxitekturasi, 2-TEST (Um psix) 1-курс (6 ta yo\'nalish) Рус, Презентация Что такое Интернет , 207 МБ compressed, Xor va xorshunoslik Majmua, Le français en vrai removed
    Ustun kengligini o‘zgartirish.
    Bir yoki bir nechta ustun kengligini o‘zgartirish usullarini qarab chiqamiz. Buning uchun o‘zgartirish kerak bo‘lgan ustunlarni belgilab olish kerak. Ular bir xil o’zunlikdagi yacheykalar bo‘lishi lozim.
    · Sichqoncha ko‘rsatkichini ustunning o’ng chegara chizig’iga olib kelib, ustun kengligini keraklicha o’zaytirish.
    Bu ish sichqoncha tugmasi bosilgan holatda amalga oshiriladi.
    · «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца» (Ustun kengligi) buyruqlarini ketma-ket tartib bilan tanlab muloqot oynasida parametrga kerakli qiymat beriladi va OK tugmasi bosiladi(7-rasm).

    Bunda ajratib ko‘rsatilgan ustun kengligi shunday tanlanadiki, unga eng o’zun ma’lumotlar qatorini kiritish mumkin bo‘ladi.
    Ustunning o’ng chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi ikki marta tez-tez bosilsa, kiritilayotgan qatorning eng o’zun ma’lumoti sig‘adigan ustun kengligi avtomatik ravishda tanlanadi.
    Qatorlar balandligini o‘zgartirish
    Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya’ni kiritilayotgan belgilarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha NORMAL bichim (stil) ishlatiladi. Microsoft Excel dasturida qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o‘lchamdagi shriftda yozilganiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib boradi. Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi ustunlar kengligini o‘zgartirish buyruqlari orqali ham o‘zgartirish mumkin.
    Buning uchun · «Главная» - «Формат» — «Высота строки» (Qator balandligi) buyrug‘i olinadi.


    Sonlarni kiritish
    Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. Microsoft Excel dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. Tugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «—» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
    Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad — yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish imkonini berishdir.
    Microsoft Excel 2013 dasturi dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (8.8-rasm).

    1. Umumiy.


    2. Sonli.
    3. Pul bilan bog‘liq.
    4. Moliyaviy.
    5. Qisqa sana.
    6. To’liq sana.
    7. Vaqt
    8. Foiz bilan bog‘liq.
    9. Kasrli.
    10. Eksponensial.
    11. Matnli.
    Boshqa son formatlari.

    Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.


    Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko‘rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.
    Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli yacheykalarni ajratib olish zarur.
    Uskunalar paneli yordamida bichimlash. Uskunalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi.
    Yacheykalar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng yacheykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi.
    Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

    Download 1.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elеktrоn jаdvаllаr. Fоrmulа vа funktsiyalаr bilаn ishlаsh. Hujjаtlаrni yarаtish, sаqlаsh vа yuklаsh. Оddiy jаdvаllаrni hоsil qilish. Exceldа asоsiy stаtistik vа mаtеmаtik funktsiyalаr. Diаgrаmmа vа grаfiklаrni hоsil qilish

    Download 1.34 Mb.