|
Agar siz Websum hisobiga (rubl, so’m, dollar va boshqa valyutadagi) to’lov kartalaridan pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, Pay Way onlayn o’tkazmalar tizimi avtomatik ravishda konvertatsiyani hamyon valyuta
|
bet | 3/7 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #129689 |
Bog'liq Elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikniAgar siz Websum hisobiga (rubl, so’m, dollar va boshqa valyutadagi) to’lov kartalaridan pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, Pay Way onlayn o’tkazmalar tizimi avtomatik ravishda konvertatsiyani hamyon valyutasiga o’zgartiradi. Diqqat! Elektron hamyon har doim o’z valyutasida to’ldiriladi. Smartfon yoki kompyuter orqali tezkor o’tkazma Websum hamyonini to’ldirish uchun telefoningizga juda qulay va sodda Pay Way mobil ilovasini o’rnatishingiz kerak (Androidga Google Playdan, iPhonega App Storedan yuklab oling): WEBSUM elektron to‘lov tizimi. Elektron to‘lov tizimlari yordamida Internet va IP-telefoniyaga ulanish uchun «PIN» kodlar va internet do‘konlardan tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati, shaxar telefoniyasi, kommunal xizmatlar, domen va xosting, reklama, televidenie, chiptalar, datatsentrlar, veb resurslar uchun haq to‘lash mumkin. iPAY – bu UzExdagi birja savdolarida, www.uzbex.com global savdo maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo‘shilgan internet do‘konlarda onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O‘zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasining to‘lov tizimidir. Internet-banking. To‘lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Internet banking funksiyasini bajaruvchi tizim, ya’ni Internet orqali bank operatsiyani amalga oshirish hisoblanadi. - Internet-banking. To‘lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Internet banking funksiyasini bajaruvchi tizim, ya’ni Internet orqali bank operatsiyani amalga oshirish hisoblanadi.
- Internet-banking – bankdagi hisob raqamni Internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat. Internet banking tizimida samarali ishlash uchun Internetga ulangan va Internet brouzerga ega kompyuter bo‘lishi etarli hisoblanadi.
- Internet-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
- bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
- istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko‘chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;
- haqiqiy vaqt tartibida to‘lov hujjatlari bank ishlovidan o‘tishining barcha bosqichlarini kuzatish;
- xatolar to‘g‘risida xabarlarni tezkor olish;
- kirim va chiqim to‘lov hujjatlarini ko‘rish va chop etish.
- Internet-banking va bankdan tashqari elektron to‘lovlar tizimlarining yanada rivojlanish jarayonida on-layn sotuvlar sektorida jadal o‘sishni kutish lozim, bunda ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalar Internet tarmog‘i orqali tovarlarini bemalol sotishlari mumkin bo‘ladi.
- To‘lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi bu mobil to‘lovlar tizimlari bo‘ldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Agar siz Websum hisobiga (rubl, so’m, dollar va boshqa valyutadagi) to’lov kartalaridan pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, Pay Way onlayn o’tkazmalar tizimi avtomatik ravishda konvertatsiyani hamyon valyuta
|