|
Mavzu: Gaz bosimini hisoblash uskunalari
|
bet | 2/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #127147 |
Bog'liq Gaz bosimini hisoblash uskunalari.Elektr manometrlari
Ushbu asboblarning ishlashi o‘lchanayotgan bosim kattaligidan bosim o‘zgartiruvchining elektrik parametrlariga bog‘liqligiga asoslangan. Ularga quyidagilar tegishli: pezometrik manometrlar bo‘lib, bunda o‘lchanayotgan bosimdan pezoelementning elektr zaryadi bog‘liqligi ishlatiladi; qarshilik manometrlari bo‘lib, ular o‘lchanayotgan bosimdan sezuvchi elementning elektr qarshiligiga bog‘liqlikka asoslangan; ionizatsion manometrlar bo‘lib, ularning ishlashi o‘lchanayotgan bosimdan siyraklashgan gaz molekulalarining ionlashishi natijasida hosil bo‘lgan musbat ionlarning tok kuchlari bog‘liqligiga asoslanadi; shuningdek radioizotop manometrlar bo‘lib, bunda gazni ionlash uchun radioizotop manbalar nurlanishi ishlatiladi.
Zamonaviy Barkon gidrostatik bosim datchiklari Oldin ta’kidlanganidek, kimyoviy, neft qimyoviy, farmatsevtika yoki sanoatning oziq – ovqat sohalari tashkilotlarining rezervuarlari, omborlarida atrof muhit muhofazasi bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni boshqarishda ularga birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichlari ko‘rsatadigan bosim bo‘yicha suyuqliklar yoki muallaq jismlarning darajasi aniqlanadi. Keramik yoki metall membranali o‘zgartirgichlar (6.3 – rasm), rezervuarlarda turlicha montaj usullari, turli materiallardan bajarilgan ko‘p sonli datchik korpuslari konstruksiyalari variantlari Barkon seriyasi buyumlarining ko‘p qirraligini ta’minlaydi.
Sanab o‘tilgan sohalarda keng qo‘llaniladigan Barkon seriyasidagi gidrostatik bosim datchiklari turli imkoniyatlari bilan farqlanadigan ishonchli va arzon o‘lchash tizimlarini qurish imkonini beradi. Ushbu datchiklarning asosiy elementlari birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichlari bo‘ladi. Ushbu qurilma uchun turli elektr ulanishlar usuli qo‘llanilishi mumkin, jumladan PROFIBUS-PA yoki HART tarmoq protokoli asosida. Bularning barchasi buyurtmachining aniq masalasini yechish uchun maxsus o‘lchash asboblarini yaratish imkonini beradi. 6.4 – rasmda LHC gidrostatik bosim datchiklarini o‘rnatish variantlari ko‘rsatilgan.
|
| |