Mavzu: Global jarayonlar dialektikasi Reja




Download 111,67 Kb.
bet2/5
Sana06.12.2023
Hajmi111,67 Kb.
#112743
1   2   3   4   5
Bog'liq
Global jarayonlar dialektikasi Reja Globallshuv hodisasi mohiya
5-ma'ruza RBT, 2-MA’RUZA Fаоl tаjribа mа`lumоtlаri bo’yichа empirik mоdеllаrni qurish-конвертирован, Matematika test 40 talik oson test tub va murakkab sonlar, kasrlar, zafarbek, mexanika-3-m.i, 2-mavzu Quduqlarning turlari-fayllar.org, Sanoatda raqobatbardoshlik, З.Юсупова баён, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax, Mavzu Printerning maqsadi, printerlar turlari, qurilma xaqida, Lokal kompyuter tarmoqlari, 6- Amaliyot topshiriq, anaerob bakteriyalar, employment, Akt (sirtqi) 3-kredit pdf

Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysuntirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.

Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir. Shu o‘rinda aytish joizki, yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim salbiy holatlar uchun globallashuv hodisasining o‘zi aybdor ham, javobgar ham emas. Aksincha, bu ko‘proq sub’ektiv omillar faoliyati bilan bog‘liq hodisa. Shu sababli ham ko‘r-ko‘rona yot madaniyatni targ‘ib qilish harakatlarini chegaralash zarur, ya’ni madaniy va ma’naviy globallashuv sohasida tollerantlikka ortiqcha izn berib bo‘lmaydi. Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy o‘ziga xosliklarga ta’sirini albatta o‘tkazishini ta’kidlaydilar, biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ba’zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlaydilar, bu bilan globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Farb tsivilizatsiyasining yutuqlaridan hayratlangan boshqalar esa globallashuv faqatgina ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi degan fikrda. Ushbu toifadagi tadqiqotchi va olimlar bu o‘rindagi madaniy o‘ziga xoslikni qoloqlik, kambag‘allik, taraqqiyotdan voz kechish kabi tushunchalarning sinonimi sifatida baholaydilar. Uchinchi bir guruhdagilar esa global o‘zgarishlarda katta tahdid mujassam ekanligini ta’kidlaydilar.


Download 111,67 Kb.
1   2   3   4   5




Download 111,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Global jarayonlar dialektikasi Reja

Download 111,67 Kb.