|
Mavzu: Global jarayonlar dialektikasi Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 111,67 Kb. | | #112743 |
Bog'liq Global jarayonlar dialektikasi Reja Globallshuv hodisasi mohiya Reja: 1. Globallshuv - hodisasi mohiyati 2. Global muammolarning mohiyati. 3. Asosiy global muammolar tizimi.
Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televidenie va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidney Olimpiadasi musobaqalarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. Rossiyalik olim Yu.Kashlev to‘plagan mana bu ma’lumotlarga e’tibor beraylik: Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan 30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 3 milliard kishi internetdan foydalana boshlagan. Boshqacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi. Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega.
|
| |