|
Mavzu: Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi. Ta`lim berish texnologiyasi modeli
|
bet | 14/14 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 241 Kb. | | #100535 |
Bog'liq ochiq dars1797T A Q R I Z
Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, dotsent K.D. Raximqulov «Jismoniy madaniyat» ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-102 guruh talabalari bilan 2015 yil 16 sentyabr kuni 2-juftlikda “Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi” mavzusida ochiq ma’ruza darsini o‘tkazdi.
Tasdiqlangan dars jadvaliga ko‘ra ma’ruza mashg‘uloti o‘z vaqtida boshlandi, talabalar davomatini tekshirib, so‘ng darsni mavzusi hamda rejasi tushuntirildi. Ma’ruzaning kirish qismida talabalarga o‘tgan mavzu bo‘yicha qisqagina takrorlash o‘tkazilib, yangi mavzuni boshladi. Bunda harakatli o‘yinlar tarixi va qisqacha tushuncha, turkumlari, rivojlanish bosqichlari va pedagogik ahamiyati haqida talabalar bilimini tekshirish uchun aqliy hujum metodi bo‘yicha savol javob o‘tkazildi.
Yangi mavzu bo‘yicha harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi haqida tushunchalar berib yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalar asosida ma’ruza qildi. Shuningdek mavzu bo‘yicha talabalar o‘quv faoliyatini faollashtirish uchun “Echim daraxti” va “Snektik” texnologiyalaridan foydalandi, mavzuning har bir rejasini mustahkamlash borasida tarqatma materiallar hamda 2 ta variantda 5 tadan testlar taqdimot prezentatsiya holda yoritilib javoblar tahlil qilindi.
K.D.Raximqulovning ma’ruza darsi metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilindi. Xulosa qilib aytganda, K.D.Raximqulovning “Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsi namunali o‘tkazildi deb topildi.
Jismoniy madaniyat kafedrasi professori Xodjaev P.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi. Ta`lim berish texnologiyasi modeli
|