|
Mavzu: Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi. Ta`lim berish texnologiyasi modeli
|
bet | 8/14 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 241 Kb. | | #100535 |
Bog'liq ochiq dars1797O‘yinni taxlil qilish
O‘yinni natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushinib etish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinni syujetini taxlil qilishda o‘yinni syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini o‘zining maxoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish pedagogik jarayon bo‘lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo‘lmaydi.
Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri taxlil qilishni va o‘yinni raxbari sifatida o‘zini xulqini baxolashni bilish o‘yinga raxbarlik qilish maxoratini takomillashtirishga yordam beradi.
KUN VA TUN.
I Vazifasi:
1. Qisqa masofaga yugurish malakasini oshiradi
2. Qon aylanishini yaxshilaydi va oyoq mushaklarini rivojlantiradi.
3. Bir birini xurmat qilishni o‘rgatadi.
II Dars qismi: Asosiy, tayyorlov
III Yoshi: 3-8 sinf
IV O‘tkaziladigan joyi: Sport maydonchasi.
V Kerakli jihozlar:
O‘yin sxemasi
|
Mazmuni
|
Qoidasi
|
Variant
|
Uy chizig‘i
x x x x x x x x
o o o o o o o o
K
1m
20 m
T
Uy chizig‘i
10 m
Bu erda: x,o - o‘yinchilar
- xakam
K - kun jamoasi
T - tun jamoasi
|
O‘quvchilar teng ikki jamoaga bo‘linib, o‘rta chiziqdan 1m oralig‘ida, bir-biriga parallel holda joylashadilar . Birini kun ikkinchisini tun deb nomlaymiz. Qaysi jamoaning nomi chaqirilsa o‘sha jamoa uy chizig‘i tomon qochadi nomi chaqirilmagan jamoa quvlaydi. O‘yin shu tariqa davom etadi.
|
1. O‘qituvchining signalisiz harakat qilish taqiqlanadi.
2. O‘yin belgilangan maydonda o‘ynashi shart.
3. Maydondan chiqib ketgan o‘yinchi ushlangan hisoblanadi.
4. O‘yinda qo‘pol harakat qilish taqiqlanadi.
5. Bir o‘yinchi bir nechta o‘yinchini tutishga haqli
6. Har bir ushlangan o‘yinchi hisobidan 1 tadan ochko beriladi.
7. CHaqilishi soni teng bo‘lishi kerak
8. O‘yin necha achkoga o‘ynalishi oldindan belgilab qo‘yiladi.
9. Qaysi jamoa birinchi bo‘lib belgilangan achkoni to‘plasa g‘olib hisoblanadi.
|
1. Har xil mashqlar asosida o‘ynatish mumkin.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi. Ta`lim berish texnologiyasi modeli
|