Yuqori bosimli birlamchi drossellash effektidan foydalanuvchi sikl (Linde sikli)




Download 137,19 Kb.
bet3/4
Sana17.05.2024
Hajmi137,19 Kb.
#239806
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Havo rektifikatsiyasi. Reja Atmosfera havosini ajratish

Yuqori bosimli birlamchi drossellash effektidan foydalanuvchi sikl (Linde sikli)
Bunday siklning ishlash prinsipi va uni T-S diagrammasidagi tasviri {a), ifodasi {b) 12.1 -rasmda ko‘rsatilgan. Atmosfera havosi porshenli kompressor (1) da P2 = 20 M Pa osimgacha siqiladi va natijada havo isib, temperaturasi ko‘tarilib ketadi. Shuning uchun siqilgan havo sovitgich (2) da T, temperaturagacha aylanma suv bilan sovitiladi. Bu jarayon 10.1-rasmda va undagi T-S diagrammasida I— II chizig’i bilan belgilangan. Issiqlik almashgich (ya’ni, reko’perator) (3) ni quvurli qismida esa siqilgan havo T2 temperaturagacha sovitiladi (rasm va T-S diagrammasida mos ravishda II —III chizig’i). So‘ngra sovitilgan havo drossellanish ventili (4) orqali R, bosimgacha kengayib, drossellanadi. Bu jarayon hisobiga havo suyuqlanish temperaturasi T s Kelvin gradusigacha soviydi (I I I — I V chizig‘i). Yig‘gich (5) da suyuq havo to ‘yingan bug’ holidagi havo, aniqrog'i



Yuqori bosimli birlamchi drossellas h sikli ( Linde sikli) (a ) va uni T - S diagrammasidagi ifodasi (6 ):
1- kompressor; 2- sovitgich; 3- issiqlik almashtirgich; 4- drossellanish ventili; 5-yig'gich.


I-II- havoni siqish va sovitish; II-III- havoni issiq-lik almashtirgich (3) da sovitish; III-I V - havoni drossellash; IV- V- suyuq havoni ajratish; V-I- drossellangan havo komponentlari (azot va kislorod) ning issiqlik almashtirgich (3) da isishi. uning komponentlari azot va kisloroddan ajratiladi. Bug’ holidagi havo komponentlari boshlang‘ich temperatura T, Kelvin gradusigacha issiqlik almashgich (3) ni quvurlararo qismida o‘z sovuqligini siqilgan, lekin hali drossellanmagan havoga berib, isiydi. Chuqur sovuqlik olish sikllarida reko’peratsiyalanmaslik tushunchasidan keng foydalaniladi. Reko’peratsiyalanmaslik deb, issiqlik almashgich (reko’perator)ning issiq tom onida unga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan gaz oqimlari orasidagi temperaturalar farqiga aytiladi. Odatda, chuqur sovuqlik qurilmalarida reko’peratsiyalanmaslik miqdori issiqlik almashgich qo’llaganda 5-10 K, regeneratorlar qo‘llanganida esa 2-4 K ni tashkil etadi. Yuqori bosimli birlamchi drossellanish sikli sikllar orasida eng soddasi bo‘lsa ham, energiya sarfi bo‘yicha eng samarasiz sikldir.
Bu sikl, havoni dastlab minus 228 K gacha nisbatan arzon b o ‘lgan ammiakli sovitish ham da bir qism havoni 12-20 MPa bosimgacha, qolganini esa minimal mumkin bo‘lgan bosim 0,6 MPa gacha siqishni kiritib, mukammallashtirilishi mumkin. Natijada yetarli darajada, yuqori samarali drossellash effektiga erishiladi. Bunday ikki bosimli va 228 K gacha oraliq sovitishni qo‘llaydigan sikl bo‘yicha G-6800 tipidagi toza azot olish uchun mo‘ljallangan havoni ajratish qurilmalari ishlaydilar. Oraliq ammiakli sovitishni qo‘llash hisobiga yuqori bosimli havo miqdori kamayadi, buning hisobiga esa energiyaning solishtirma sarfi ham 10-12% ga kamayadi.



Download 137,19 Kb.
1   2   3   4




Download 137,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori bosimli birlamchi drossellash effektidan foydalanuvchi sikl (Linde sikli)

Download 137,19 Kb.