Mavzu: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Bolalarda hisoblash usulini o’rgatish Reja




Download 24,4 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2024
Hajmi24,4 Kb.
#132237
  1   2   3   4
Bog'liq
8 - Mavzu


Mavzu: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Bolalarda hisoblash usulini o’rgatish
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim me’yoriy xujjatlari asosida MTMda bolalarni maktabga tayyorlash
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari
3. Maktabga tayyor bolaga qo’yiladigan davlat talablari
4. Bolalarni maktabga tayyorlashda MTM tarbiyachisining vazifasi

Inson, uning xar tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va xarakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iktisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuklari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shaqllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muxim shartidir.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining koidalariga muvofiq xolda tayyorlangan Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, xar tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshka tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini xis etadigan fukarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, xar tomonlama kamol topib shaqllanishni ta’minlaydi, unda o’qishga intilish xissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda maxallalar, jamoat va xayriya tashqilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim buladi:

  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

  • Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashqiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jixatdan ta’minlash;

  • Zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoklar va o’yinlar yaratish xamda ularni ishlab chiqarish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining xar-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari buyicha malakali konsulьtatsiya xizmati kursatish imkoniyatini yaratish;

  • Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmogini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’ri sidagi Nizomda maktabgacha ta’limga aloxida urg’u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi xisoblanadi, xamda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashqil etiladi.
Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, xamda davlat va nodavlat davlatga karashli bo`lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:

  • Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash;

  • Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislarini shaqllantirish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o’qishga intilish mayllarini shaqllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shaqllantirish.

  • Bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta’minlash kabilarni o’z oldiga maqsad qilib belgilaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar guruxlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruxlardagi bolalar soni kuyidagicha belgilanadi:

  • 1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.

  • 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.

  • 3 yoshdan 6-7 yoshgacha – 20 ta.

  • Turli yoshdagi guruxlarda 15 ta.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xududlarining demografik, ijtimoiy-iktisodiy va boshka xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashqil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashqil etish va tugatish Konunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon bolalar bog’chasi (xam mustaqil muassasa sifatida, xam filial sifatida);

  • Bog’cha maktab muassasasi;

  • Tarbiyalanuvchilarning bir yoqi bir necha ustuvor yunalishlarda rivojlantiradigan (til urganish, badiiy estetik, sport va boshka yunalishlar buyicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus Maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi bolalar bog’chasi;

  • Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi;

Maktabgacha ta’lim muassasa turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko’chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga karashli bo’lmagan Maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoqi guruxlar tashqil etish xam maktabgacha ta’lim muassasa to’g’risidagi Nizomda ko’rsatib o’tilgan.
Xar bir soxada bo’lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida xam maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga xamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqiga egadirlar.
Ta’limni boshkarish bo’yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini rakobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o’quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasa turiga davlat talablaridan kelib chiqqan xolda Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo’llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o’zaro munosabatlari xamkorlik, demokratiya, xurmat, shaxsning o’z kadr-kimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida quriladi.
O’zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya kontseptsiyasida xam belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga kadar aniklana boradi. Maktabgacha ta’lim muasasasidagi bolaning o’sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asoslanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, musikiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi uringa chiqarish, gramatikani bu kadar majburiy o’rgatmaslik lozim buladi. SHunday yo’l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha soxalarda tub isloxotlarni olib bordi. Xususan ta’lim soxasida tub isloxotlar amalga oshirildi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va ta’lim soxasidagi boshka qonunlar buning yakkol dalilidir. Bulardan ko’zlangan maqsad yoqi davlatimizga keraqli bo’lgan yetuk, xar tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda o’z o’rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat qilib kuyilgan. Albatta bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyani birinchi bo’g’ini bo’lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko’rsatib o’tilgan. SHunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni xar tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir.

Download 24,4 Kb.
  1   2   3   4




Download 24,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Bolalarda hisoblash usulini o’rgatish Reja

Download 24,4 Kb.