|
Mavzu: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Bolalarda hisoblash usulini o’rgatish Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 24,4 Kb. | | #132237 |
Bog'liq 8 - Mavzu3. Davlat talablari asosida:
bolaning bilim, ko’nikma va malaka mezonlari hamda ularning o’sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi;
bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi;
bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi;
kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo’yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko’nikma va malakalari belgilanadi.
4. Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari tomonidan qo’llanilishi shart:
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud bo’lgan "Mehribonlik" uylari;
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashqil etish tuman (shahar) bo’limlarining maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi sho’’balari;
kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarining maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlovchi fakulьtetlari;
maktabgacha va boshlang’ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashqilotlar.
5. Davlat talablarining maqsadi:
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan yo’lga qo’yish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish;
sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
bola shaxsi asoslarini shaqllantirish hamda uning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.
6. Davlat talablarining vazifalari:
bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim metodikasini tubdan yaxshilash;
ta’lim-tarbiya berishning o’quv dasturlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish;
maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
bolalarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlarida ota-onalarga ko’maqlashish;
maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Bolalarda hisoblash usulini o’rgatish Reja
|