Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qarshi filiali
Kompyuter injiniringi fakulteti
KI 13-19 sirtqi guruh talabasi
Mansurov Sharofning
Pedagogika. Psixologiya fanidan
Mavzu: Inson ehtiyojlari va uning turlari.
Reja:
1. Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
2. Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati
3. Ishlab chiqarishning omillari
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning
qondirilishini talab etadi.
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy,
siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning
orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va
ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan
mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki
insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy
ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi,
ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka
tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi
mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum
guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy
ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz
mumkin.
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va
guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit
organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy
resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni
boshqarib turish va boshqalar.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud
bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :
• jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;
• jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;
• hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;
• tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod
yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar
ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq.
Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki
jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha
mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson
ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi
boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni
guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi
asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga
bo`linadi.
1. moddiy ehtiyojlar;
2. sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;
3. mehnat ehtiyoji.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular
tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat,
kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir.
Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi,
vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga
ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib
bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir.
Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u
ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi.
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni
ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib
borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy
qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat
a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran
o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi,
ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan
holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin
almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi,
ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va
videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji
paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.
3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi.
Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari
o`zgaradi. Masalan:
umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj
o`zgaradi.
4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv
o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar
yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort,
navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning
foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo
ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj
yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar
cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab chiqarish
resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul
resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar
resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi,
birining
cheksizligi
va
ikkinchisining
kamyobligi
ishlab
chiqarish
imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi.
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan,
moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna,
mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson
resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab
chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va
qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini
to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat.
Er kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma
boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan
Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv
zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi
qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi.
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar
oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni
chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim
cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi
bo`lib kelgan.
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki
yoqlama bo`ladi:
1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib
borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi.
2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot
olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or
buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar
sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat
muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar
cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki
qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi.
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir
vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga
qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak
bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi
qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va
xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.
|