Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni




Download 161,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.01.2024
Hajmi161,8 Kb.
#140662
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Inson ehtiyojlari va uning turlari

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 
Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o`tgan omillarning hammasi 
qatnashadi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga ta'sir qiladi. Barcha omillar doimo 
rivojlanib borish xarakteriga ega. 
Ishlab chiqarish jarayoni- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan 
moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y 
beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi. 
Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir. 
Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari 
bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari bilan 


munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini va 
xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning 
bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi) 
hal qilishning birdan bir yo`lidir. 
Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham 
kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy 
kategoriyalar jumlasiga kiradi. 
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega. 
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va 
aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot, kommunal va 
uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va boshqalardan iborat. 
Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan bevosita bog`liq. Ehtiyojlar 
turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham 
kengayib boradi. Ularni o`rganish oson bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta 
sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo`linadi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab 
chiqariladi. Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va 
xizmatlar ko`rsatiladi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi 
qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik 
muhimdir. 
1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat 
ehtiyojlariga bo’linadi. 
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik 
ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga 
bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi. 


b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan 
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, 
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. 
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari 
miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga 
birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan 
jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga 
tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish 
mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar 
ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab 
ehtiyojlar ham farqlanadi. 
2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy 
ehtiyojlarga 
bo’linadi. 
3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. 
Ular tabiiy ehtiyojdir. 
4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. 
5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator 
ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi 
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini 
anglatadi. O’zbek tilining izohli 
lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni 
bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik 
bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh. 
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini 
shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. 
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj, 


aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. 
Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va 
boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

Download 161,8 Kb.
1   2   3




Download 161,8 Kb.
Pdf ko'rish