|
Mavzu: Innоvаtsiya lоyihаlаri vа ulаrning sаmаrаdоrligini bаhоlаsh usullаri Reja: «Innоvаtsiya lоyihаsi»
|
bet | 1/6 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 271,94 Kb. | | #249649 |
Bog'liq 71764 ruza
Mavzu:Innоvаtsiya lоyihаlаri vа ulаrning sаmаrаdоrligini bаhоlаsh usullаri
Reja:
- «Innоvаtsiya lоyihаsi» tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
- Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr.
- Innоvаtsion lоyihа sаmаrаdоrligi vа uning аsоsiy ko’rsаtkichlаri.
Innоvаtsiya lоyihаsi» tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
Ilmiy texnik, texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish bilan yo’lga qo’yiladi. Innovatsiya loyihalari, bizningcha, shakllantirilgan yangi texnik, texnologik g’oyalarni, ilmiy jihatdan asoslangan texnik, texnologik ishlanmalarni kuchli raqobat muhitida, makon va zamonda aniq maqsadlarga erishish uchun ehtimoli bo’lmish risklar asosida belgilangan muddatlarda amaliyotga joriy etilishiga qaratiladi va innovatsiya jarayonining keyingi uzviy ravishda bog’liq bo’lgan bosqichlarini tashkil etadi.
Loyiha (ingl. - projekt) - bu ―biron nima, nima o’ylanayapti yokirejalashtirilayapti, degan ma’nolarni anglatadi.
Mamlakatimizda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish mustaqillik yillaridan boshlab yangi rivojlanish tarixiga ega bo’lib kelmoqda, natijada har yili mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash asosida jahon bozoriga raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsiya loyihalari ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim institutlari kafedralari, ilmiy bo’limlari olimlari tomonidan bajarilmoqda. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanlarda sinovdan o’tkazilmoqda.
Har qanday investitsiya loyihasi kabi innovatsiya loyihalari aniq maqsadga ega bo’lib, unga erishishning mavjud imkoniyatlari, ya’ni moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari, vaqt birligi (zamon va makonda) bilan birga doimo intellektual salohiyatga tayangan holda, yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish-faoliyatni boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan, aniq ma’lumotlar hisob-kitoblari, tahlillari asosida istiqbolga qilingan bashoratlarni o’z ichiga oluvchi kompleks hujjatlar yig’indisi hisoblanadi.
|
| |