• Kompyuterlar.
  • Tarmoq perimetri
  • Mavzu: Inson faoliyati xavfsizligi Reja




    Download 0,54 Mb.
    bet3/5
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #137270
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-Ma\'ruza. Inson omili

    Fizik xavfsizlik. Kompaniya binolari va korporativ resurslardan foydalanishni cheklaydigan to‘siqlar. Unutmaslik kerakki, kompaniyaning resurslari, masalan, kompaniya hududidan tashqarida joylashgan chiqindi konteynerlari fizik himoyalanmagan.

  • Ma’lumotlar. Biznes ma’lumotlari: qayd yozuvlari, pochta va boshqalar bo‘lib, tahdidlarni tahlillash va ma’lumotlarni himoya qilish choralarini rejalashtirishda qog‘oz, elektron ma’lumot eltuvchilari bilan ishlash prinsiplarini aniqlash kerak.

  • Ilovalar - foydalanuvchilar tomonidan boshqariladigan dasturlar. Atrofini himoya qilish uchun elektron pochta dasturlaridan, tezkor xabarlar xizmati va boshqa dasturlardan tajovuzkorlar qanday foydalanishlari mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

  • Kompyuterlar. Korporativ kompyuterlarda qaysi dasturlardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatadigan qat’iy prinsiplarni belgilash, foydalanuvchilar kompyuterlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlardan himoya qilish.

  • Ichki tarmoq. Korxona tizimlariga ta’sir qiladigan tarmoq, u mahalliy, global yoki simsiz bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda masofadan ishlaydigan usullarning ommaviylashi sababli, ichki tarmoqlarning chegaralari sezilarli darajada o‘zboshimchalik bilan kengaytirildi. Kompaniya xodimlari har qanday tarmoq muhitida xavfsiz ishlarni tashkil qilishda nima qilish kerakligini tushunishlari lozim.

  • Tarmoq perimetri. Kompaniyaning ichki tarmoqlari va tashqi, masalan, Internet yoki hamkor tashkilotlar tarmoqlari o‘rtasidagi chegara.

    Sotsial injineriyaga tegishli ko‘plab hujumlar mavjud, quyida ularning ayrimlari keltirilgan:.
    Fishing. Fishing (ing. Phishing - baliq ovlash) Internetdagi firibgarlikning bir turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlaridan (login/parol) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish. Bu hozirda keng tarqalgan sotsial injineriya sxemalaridan biri hisoblanadi. Katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarni keng tarqalishi, fishing “shamolisiz” amalga oshmaydi. Fishingning eng keng tarqalgan namunasi sifatida jabrlanuvchining elektron pochtasiga yuborilgan rasmiy ma’lumot ko‘rinishidagi bank yoki to‘lov tizimining soxta xabarini ko‘rsatish mumkin. Bunday elektron pochta xabarlari odatda rasmiy websaytga o‘xshash va shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan shakldagi qalbaki web sahifaga havolani o‘z ichiga oladi (1-rasm). Rasmda keltirilgan birinchi holatda mijozning yoki foydalanuvchining ismi va familiyasini yozish o‘miga pochta manzili yozilgan bo‘lsa, ikkinchi holatda ko‘rsatilgan havola ustiga sichqoncha olib borilganida, haqiqiy manzilni (www.PavPal.com) emas, balki, boshqa manzilni ko‘rish mumkin.

    1-rasm. Fishing hujumiga misol
    Quyida keng tarqalgan fishing sxemalariga misollar keltirilgan.
    Mavjud bo ‘lmagan havola. Fishing hujumining mazkur turida biror web saytga o‘xshash web saytga murojaat amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Masalan, www.PayPai.com manzilini www.PayPal.com manzili sifatida yuborish mumkin. Bu holda kamdan-kam holda foydalanuvchilar “l” harfini o‘riniga “i” harfi borligiga e’tibor berishadi. Havolaga murojaat qilinganida esa www.PayPal.com web saytga o‘xshash, biroq soxta web saytga tashrif buyuriladi va talab kiritilgan to‘lov kartasi ma’lumotlari kiritiladi. Natijada, kiritilgan ma’lumotlar xaker qo‘liga tushadi.
    Bunga yaqqol misol sifatida, 2003 yilda eBay foydalanuvchilariga tarqalgan fishing xabami keltirish mumkin. Mazkur xabarda foydalanuvchilarning akkauntlari blokirovkalangani va kredit karta ma’lumotlari blokirovkadan chiqarilishi kerakligi keltirilgan va unda rasmiy web-saytga o‘xshash soxta web saytga olib boruvchi havola mavjud bo‘lgan. Ushbu fishing hujumining keltirgan zarari bir necha yuz ming dollarga teng bo‘lgan.
    Taniqli korporativ brendidan foydalanishga asoslangan firibgarlik. Firibgarlikning mazkur ko‘rinishida taniqli yoki yirik kompaniyalar nomidan foydalanuvchiga xabar yuboriladi. Xabarda kompaniya tomonidan o‘tkazilgan biror tanlovda g‘alaba qozonilganligi haqidagi tabriklar bo‘lishi mumkin. Unda shuningdek, zudlik bilan qayd yozuvi ma’lumotlari va parolni o‘zgartirish kerakligi so‘raladi. Shunga o‘xshash sxemalar texnik ko‘maklashish xizmati nomidan ham amalga oshirilishi mumkin.

    Download 0,54 Mb.
  • 1   2   3   4   5




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Inson faoliyati xavfsizligi Reja

    Download 0,54 Mb.