Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichi




Download 0,79 Mb.
bet5/7
Sana29.11.2023
Hajmi0,79 Mb.
#107900
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayonalarini avtomatlashtirish usullari

Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichi – mashinalar sistemasini avtomatlashtirish, har hil ishlov berish, tekshirish, yig’ish va qadoqlash operatsiyalarini bir yo’la bajaradigan avtomat liniyalarni yaratish tushiniladi.
Avtomat liniya – mashinalar sistemasi bo’lib, ular texnologik ketmaketlikda joylashadi, tashish va boshqarish vositalari yordamida birlashtiriladi, sozlashdan tashqari barcha operatsiyalarni avtomatik bajaradi.
2.4-rasmda korpus detallar tayyorlaydigan avtomat liniya’ning tipaviy sxemasi ko’rsatilgan. Detalni yuklashdan boshlab ishlov berishning barcha bosqichlaridan navbatmanavbat o’tadi. Detal har bir ish vaziyatida stasionar moslamalarga o’rnatiladi va qisib qo’yiladi, operatsiya bajarib bo’lingandan so’ng transport bo’ylab navbatdagi texnologik jarayon bajariladigan joyga uzatiladi. Detalning har bir ish vaziyatiga o’rnatilgan mexanizm mustaqil ishlaydi va operatsiya bajarib bo’linganligi, masalan, detal qisib qo’yilganligi xaqida signal beradi. Ohirgi signal olingandan so’ng agregat golovkalarii ishga tushirish haqida umumiy komanda beriladi. Har bir golovkada tegishli ish siklini bajaruvchi mustaqil boshqarish sistemasi bor. Har bir golovkadan operatsiya’ning tugallanganligi davrida signal keladi. Eng uzoq davom etadigan siklni bajaruvchi golovkadan kelgan oxirgi signal qisib va qotirib qo’yadigan mexanizmlarni yana ishga tushiradi. Bu mexanizmlar moslamalarda ishlov berilayotgan detallarni bo’shatadi. Ishlov berish jarayoni boshqa mexanizmlarning (burilma stollar, qirindini chiqarib tashlaydigan mexanizmlar va xokazo) ishi bilan sinxronlashtiriladi.
Avtomat liniya’ni boshqarish sistemasi birinchi bosqichga nisbatan murakkab ekanligi, bu muammoni yeChishga yangicha yondashishni talab etadi. Gidravlik, pnevmatik va elektron qurilmalardan foydalanishga asoslangan yangi boshqarish sistemalari vujudga keldi. Bu qurilmalarni uzuliksiz ishlashini ta’minlash uchun avtomatik tekshirish usullari yaratildi.
Ikkinchi bosqichyarim avtomat va avtomatlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar tizimini tashkil etadi.
Avtomatlashtirishni ikkinchi bosqichida mashinalar tizimi (sistemasi) avtomatlashtirilgan, bunda har xil ishlov berish, nazorat qilish, yig’ish operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan avtomat liniyalar quriladi.

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichi

Download 0,79 Mb.