|
Mavzu: Ishlab chiqish metodologiyasi unumdorligi va imkoniyatlari tizim darajasidagi va tarkibiy qismlardagi unumdorlik modellari
|
bet | 1/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 177 Kb. | | #160273 |
Bog'liq Injinerlik metodologiyasi unumdorligi va imkoniyatlari (3) Mavzu:Injinerlik metodologiyasi unumdorligi va imkoniyatlari. - Reja:
- Potok operasiya usulini joriy etish sharoitlari va potok tizimi xarakteristikasi.
- Potokli ishlab chiqarishda texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish.
-
- Ishlab chiqarishning ommaviy turining asosiy elementi potok tizimi hisoblanadi. Potok tizimi texnologik jarayon yo'nalishida joylashgan va aniq, biriktirilgan operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o'rinlari yig'indisidir. Ishlab chiqarishni potok usuliga o'tkazish ma'lum bir texnik, tashkiliy, iqtisodiy shart — sharoitlarni talab etadi.
- Potoklarni tashkil etishning texnik imkoniyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomenklaturasi, konstruktiv xususiyatlari texnologik jarayonlarni xarakteri va mehnat sig'imi, detal va bo'g'inlarning konstruktiv—texnologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tashkiliy imkoniyatlar mahsulot konstruksiyasi va texnologik jarayonlar mustahkamligi, ma'lum turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ishlab chiqarish dasturini oylar bo'yicha taqsimlash xarakteri, korxona ishlab chiqarish strukturasi bilan belgilanadi
-
Potokli ishlab chiqarish quyidagi umumiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 1.Aniq mehnat taqsimoti va korporasiyasi ya'ni sex va uchastkalarni alohida mahsulot va uning ayrim qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish jarayonini o'zaro teng operasiyalarga taqsimlash; 2.Har bir ish o'rniga alohida yoki ketma — ket keluvchi va texnologik jihatdan bir xil bo'lgan operasiyalarni biriktirish; 3.Ish joylarini texnologik jarayon yo'nalishi bo'yicha joylashtirish va zaruriy yuqori unumli jihozlar bilan ta'minlash; 4.Potok liniyalarining har bir ish joyida operasiyalarning parallel ravishda bajarilishini ta'minlash; 5.Ishlov berilayotgan detallarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o'tkazishda transport vositalaridan keng foydalanish Potok liniyalarini xarakterlovchi belgilardan yana biri ishlab chiqarish jarayonining maromiyligidir. Maromiylik deganda ishlab chiqarilayotgan (ta'mirlanayotgan) ob'yektni liniya rejimi yoki jarayon takti deb yuritiluvchi vaqt oralig'ida jarayonga kiritilishi yoki chiqarilishi tushuniladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda takt vaqti davomida potok liniyalarining barcha ish joylarida ishchilar turli xil operasiyalarni bajarib umumiy mehnat sig'imiga teng miqdordagi ishlarni bajaradilar. Demak, potok liniyalari ishlab chiqarish samarali tashkil etish prinsiplarini o'zida to'la mujassamlashtiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning potok usuli iqtisodiy ko'rsatkichlarga ham ta'sir ko'rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Ishlab chiqish metodologiyasi unumdorligi va imkoniyatlari tizim darajasidagi va tarkibiy qismlardagi unumdorlik modellari
|