• 1.3 Arduino kompilyatorini sozlash, kodlarni boshqarish, forma elementlari yordamida tashqi qurilmalarni boshqarishni o‘rganish.
  • O’rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari




    Download 1.6 Mb.
    bet3/7
    Sana22.03.2024
    Hajmi1.6 Mb.
    #175223
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    harorat.individual loyiha

    .O’rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari.

    O’rnatilgan tizimlarning tadbiq etishni chegaralari juda keng. Unga uy taymeridagi sodda qurilmalardan katta territoriyada joylashgan muhim ob’ektlarni boshqaruvchi murakkab taqsimlangan ierarxik tizimlar kiradilar1:

    • Telekommunikatsiya tizimlari, tarmok uskunalari (kommutatorlar, marshrutizatorlar, ADSL modemlar va x.k.);

    • Maishiy elektronika (uyali telefonlar, KPK, o’yin konsollari, raqamli fotoapparatlar, elektrchayniklar, mikroto’lqinlipechlar, idish tovoq yuvuvchi mashinalar va boshqalar);

    • zamonaviy meditsina va sport qurilmalari;

    • Transportavtomatikasi( avtomobil vaaviatsiya tizimlari), shaxar yo’l xarakatini boshqaruvchi tizimlari ;

    • telemexanika tizimlari (tashqi yoritishni boshqarish tizimlari, elektroquvvatni va boshqa energomanbaalarni nazorat va xisoblash tizimlari, energoob’ektlarni boshqarish va monitoring tizimlari);

    monitoring,navigatsiya, kuzatish tizimlari, xarbiy va kosmik qo’llanishdagi bort
    tizimlari;
    sensor tizimlari texnologiyalari asosidagi «Aqlli uy» («intellektual bino») .
    O’XT loyixalashda ishlab chiqaruvchi tayyyor va yangi tuziladigan echimlarni bir-biri bilan o’zaro munosabatiga bog’liq bo’lmagan maxsus xisoblash tizimni yaratadi. Uning taxlil doirasiga tizimni barcha darajalari kiradi. Bu jarayonda loyixalovchi mavjud bo’lgan kuchli va qulay instrumental vositalari bo’lgan operatsion muxitiga ilovalar tuzish emas barki turli keskin chegaralanishlar sharoitlarida yangi maxsuslashtirilgan o’rnatilgan tizimlarini yaratishi kerak.
    Albatta O’XT yaratishdagi masalalar qismini shablon usullari bilan echishladi(ayniksa tayyor tizimni rivojlantirish yoki shaklini o’zgartirishda). Ammo bu xolatda xam sifatli xisoblash platformasi, kuchli maxsuslashtirilgan asboblarni qo’llash va maxsulotni puxta testlashni talab etiladi.
    Shablon echimlar chegaralariga kirmaydigan O’XT yaratish masalalari usullari va loyixalash vositalari doimiy takomillashtirishni talab qiladilar.
    1.3 Arduino kompilyatorini sozlash, kodlarni boshqarish, forma elementlari yordamida tashqi qurilmalarni boshqarishni o‘rganish.
    Real vaqt.
    Real vaqt tizimi – xodisaga garantiyalangan ta’sirlanish vaqtli xisoblash tizimi. Real vaqt tizimi (RVT) –chiqish ta’sirini tuzilish vaqti muxim bo’lgan barcha xisoblash tizimi. Masalan: upravlenie texnologik jarayonni boshqarish, o’rnatilgan xisoblash tizimlari, kassalik savdo tizimlari va x.k.
    Axborot (InformationTechnology)tizimlarinireal vaqt tizimlaridan (real-time) printsipial farqi «chiqish-kirish ta’sirlanish» parametrini talqin etishda: «The right answer late is wrong» («Kech berilgan to’g’ri javob q noto’g’ri javob»).
    O’rnatilgan tizimlar xususiyatlariga ishonchlilik, xavfsizlik va kafolatlangan ta’sirlanish vaqtini ta’minlash zaruriyati aloqador bo’ladi.garantiyalangan ta’sirlanish vaqtini ta’minlanish odatda real vaqtda ishlash deb ataladi.
    O’XTboshqarish ob’ekti xaqida ma’lumotni datchiklar yordamida oladi va unga javoban boshqarish ta’sir ishlab chiqadi va bog’lanish qurilma yordamida ob’ektga uzatadi. Boshqarish ob’ektdan olingan axborot va o’rnatilgan tizimdan boshqarish signali berilguncha o’tadigan vaqt ta’sirlanish vaqti deb ataladi.
    Real vaqtdagi tizim tezkor bo’lishi shart emas. Real vaqtdagi tizim boshqarish signallarni ishonchli vaqt oraliqdagi keladigan axborotga javoban uzatish kerak.
    Ta’sirlanish vaqtini bajarilmaslik darajasini oqibati zaruriyati darajasi bo’yicha real vaqtdagi tizimlarini ikki guruxi ajratiladi :

    • yumshoqreal vaqt tizimi;

    • qattiq real vaqt tizimi.Yumshoq real vaqt tizimi (soft real-time system) – vaqt kechikishlari o’rtacha miqdorlari bilan o’rnatiladilar.Qattiq real vaqt tizimi - vaqt chegaralanishlari bajarilmasligi tizimni biror maqsadga qaratilgan funktsiyani falokatli natijalarga olib keladigan real vaqt tizimi.

    “Qattiq” real vaqt tizimlarida, tashqi ta’sir va hodisalarga ma’lum vaqt intervalida javob berolmasligi tizimning ishlashining to’la rad etilishiga va qo’yilgan muammoni echilmasligiga olib kelishi mumkin. “Yumshoq” real vaqt tizimlariga esa, “qattiq” tizimlar sirasiga kirmaydigan barcha tizimlar kiradi va ular o’rtacha olinganda tayinlangan muddatga eng yomon ish sharoitlarida biror bir natijaga erishish imkonini beradi.
    “Yumshoq” real vaqt tizimlari har doim ham qo’yilgan muammoni echib ulgurmasligi mumkin, bu esa butun tizimning rad etishiga olib keladi. Real vaqt tizimlarida vazifani bajarishning ma’lum yo’naltiruvchi muddatini kiritish zarurati tug’iladi.
    “Qattiq” real vaqt tizimlarida vazifa (muammo) nima bo’lishidan qat’iy nazar qo’yilgan muddatga bajarilishi shart. “Yumshoq” real vaqt tizimlarida esa berilgan vaqt intervalida bajarilishi maqbul hisoblanadi. Berilgan yo’naltirilgan muddatdan vazifani rejalashtiruvchi sifatida foydalaniladi, undan vazifani ishga tushirishda maqsad ustivorligini o’rnatishda, hamda jarayonlar ishini rejalashtirishda foydalaniladi va “dedlayn” – “oxirgi muddat” deb ataladi.
    “Qattiq” real vaqt tizimning asosiy belgilari (RVOT):
    - tashqi hodisalarga kafolatlangan javob vaqti (uskunadan uzilish);
    - jarayonlarni boshqarishning aniqlangan tizim ostinining mavjudligi (past ustivorli maqsadlarning yuqori ustivorli maqsadlarni siqib chiqarmaslik tamoyili);
    - tashqi hodisalarga hozirjavoblik yoki maksimal javob berish vaqtiga qo’yiladigan qattiq talablar (apparat uzilishi bo’yicha kechikish o’nlab mikrosekundlardan va maqsadlar mantini qayta ulash bo’yicha kechikish esa yuzlab mikrosekundlardan oshmasligi kerak );
    RVOT uchun quyidagi talablarning bajarilishi zarur:
    - Operatsion tizim (OT) ko’pmaqsadli bo’lishi lozim va chiqib chiqarishga yo’l qo’yish imkoni mavjudligi;
    - OT oqimlarni bajarishni rejalashtirishda ustivorlik mexanizmiga ega bo’lishi lozim;
    - OT bashorat qilinadigan sinxronlashtirish mexanizmlari orqali ishlashi lozim;
    - OT ustivorliklarning irsiy mexanizmini ta’minlashi lozim;
    -
    OT ning hulqi bashorat qilinadigan bo’lishi lozim (uzilishlarni qayta ishlash kechikishlari, maqsadlarni qayta ulash kechikishlari, drayverlarning kechikishuvs va boshqalar). Bu esa tizimning barcha ish yuklamasi stsenariylariga hozirjavobligini bildiradi.
    1.3.1-rasm. Arduino uno.
    Arduino — O‘zining xotirasi va protsessoriga ega bo‘lgan kichik sxema. Bu sxema bilan ko‘plab foydalanuvchilar ishlaydi. Bu foydalanuvchilar ko‘plab qurilmalarni hozirda ishlatishni amalga oshirdilar. Bularga lampochkalar, datchiklar, motorlar, elektr choynaklar, routerlar, magnitli eshik zamoklari va elektr bilan ishlovchi ko‘plab qurilmalar.Biz o‘zimiz tuzgan algoritm bo‘yicha yasagan qurilmamizni to‘liq boshqarish uchun dasturiy kodimizni arduino sxemasiga joylashimiz kerak. Arduino uchun C++ tilida dasturiy kod yoziladi. Agar siz C++ tilini bilsangiz Arduino siz uchun yangi dunyo eshigini ochib beradi. Agar siz dastur yozishni endi o‘rganayotgan bo‘lsangiz u xolda bu siz uchun muammo emas. Arduino muxitida dasturlash juda oson va o‘rganishga qulay.

    Download 1.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari

    Download 1.6 Mb.