O’zbekiston va Jahon savdo tashkiloti




Download 99,2 Kb.
bet10/16
Sana17.02.2024
Hajmi99,2 Kb.
#158233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
kurs ishi abduvosilov oybek (копия) 2

O’zbekiston va Jahon savdo tashkiloti. O’zbekistonning JSTga a'zo bo'lishining maqsad va vazifalari 
O’zbekistonning JSTga a'zo bo'lishiga turtki bo'lgan eng muhim sabab - bu oxir-oqibat jahon bozorida teng huquqli savdo sherigi bo'lish istagi. Sovet Ittifoqi tomonidan yaratilgan o'sha nihoyatda murakkab va og'ir ikki tomonlama shartnomalar tizimi, jahon iqtisodiy munosabatlarining xalqarolashuvi va milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog'liqligi kuchaygan hozirgi sharoitda, har doim ham O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qodir emas.
2022 yilning 21 iyun kuni Shveytsariyaning Jyeneva shahrida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi bo‘lib o’tdi. Xo‘sh, JST qanday tashkilot va unga qo‘shilish O‘zbekiston uchun nimani anglatadi? 
Yig’ilishda so’zga chiqqan JST bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiya raisi – bosh vazir o’rinbosari Sardor Umrzoqov JSTga a’zo bo’lish O’zbekiston uchun ustuvor maqsad ekanini ta’kidladi. 
O’zbekiston delegatsiyasi rahbari O’zbekistonning JSTga a’zo bo’lishi jarayonini faol ilgari surish va yaqin kelajakda tashkilotga a’zo barcha manfaatdor davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash bo’yicha qarori qat’iy ekanini tasdiqladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Ishchi guruh yig’ilishda O’zbekiston tashqi savdo rejimi bo’yicha taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, Faktologik xulosa, JSTga a’zo-davlatlar savollariga javoblar, iqtisodiy siyosat bo’yicha ma’lumot, davlat aktivlarini xususiylashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bojxona-tarif siyosati, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va sanoat subsidiyalari masalalarini muhokama qildi. 
O’zbekiston delegatsiyasi Jenevada AQSH, Yevropa ittifoqi, Kanada, Braziliya, SHveytsariya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Mo’g’uliston va boshqa JSTga a’zo yirik davlatlar – O’zbekistonning tashkilotga a’zo bo’lish bo’yicha ishchi guruhi a’zolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga chiqish yuzasidan qator ikki tomonlama muzokaralar o’tkazmoqda. 
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston JSTga a’zo bo’lish uchun 1994 yilda ariza bergan. Hozirda dunyoning 164ta davlati, shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston ham JST a’zosi sanaladi. 
O’tgan yili Sardor Umrzoqov jurnalistlar bilan suhbatda O’zbekistonning JSTga a’zo bo’lishi “5 yil emas, undan ancha tezroq” vaqt ichida hal bo’lishini aytgandi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo bo‘lishi asosiy makroiqtisodiy muvozanatga qanday taʼsir ko‘rsatishini baholadi. 

Download 99,2 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 99,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston va Jahon savdo tashkiloti

Download 99,2 Kb.