|
Psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi
|
bet | 2/3 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 6,46 Kb. | | #100544 |
Bog'liq Mavzu Kasbiy faoliyatda individual-tipologik xususiyatlar-fayllar.orgPsixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi: Psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi: - mehnat faoliyatida namoyon bo`ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, mas’uliyat, dangasalik, qo`nimsizlik va boshqalar; - insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g`amho`rlik, rahm-shafqat va boshqalar; - o`z-o`ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag`rurlik, o`ziga bino qo`yish, o`z-o`zini tanqid qilish, ibo, sharmu-hayo, manmansirash va boshqalar; - narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo`li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Xarakter aktsentuatsiyasining tiplarga bo’linishi
Gipertem tip
Distim tip
Sikloid tip
Ta’sirchan tip
To’xtaluvchan tip
Sinchkov { pedant} tip
Tashvishli tip
Jo’shqin tip
Namoyishkorona tip
Ekzaltirlashgan tip
Ekstraversiv tip
Intravertiv tip
Bundan tashqari David G. Mayers bo’yich xarakter tiplarini quyidagilarga ham bo’lib o’rganish mumkin: Boshqaruvchi tip. Bu tip insonlar o‘ziga ishongan va g‘ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo‘lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam ustidan hukmronlik qilish xos. Asosiy haѐtiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar). Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo‘rlik va o‘zining ehtiѐjlarining ko‘p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo‘q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimli kamroq.
|
| |