Mavzu: Ijodkorlik, ijodkor shaxs, kreativ shaxs




Download 28,89 Kb.
bet3/6
Sana21.05.2024
Hajmi28,89 Kb.
#249054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativlikning turli shakllari

Mavzu: Ijodkorlik, ijodkor shaxs, kreativ shaxs
tushunchalari
Ijodkor shaxsning xarakteri. Har bir inson, ijodkormi yoki yo'qmi, noyobdir, bizda nimadir aks sado beradi va nimadir umuman mos kelmaydi. Bunday shaxslarga ko'proq xos bo'lgan bir nechta xarakter xususiyatlari mavjud: qiziquvchanlik;
o'zini o'zi ishonch; boshqalarga nisbatan juda do'stona munosabatda emas.
Ikkinchisi, ehtimol, odamlarning boshqacha fikrlashi bilan bog'liq. Ularga ular tushunilmagan, qoralangan yoki kimligi uchun qabul qilinmagandek tuyuladi.
Bugungi rivojlangan zamonning asosiy talabi o‘zidan iz qoldira oladigan, yaxshi nom chiqaradigan,avlodlar faxr bilan tilga oladigan shaxslar yetishib chiqishidir. XXI asr -AT asrida juda qiziq ma’noga ega bo‘lgan barchani hayratga solgan, xalq tiliga birdek o‘rnashib olgan, zamonaviy talqindagi “kreativlik” tushunchasi paydo bo‘ldi.
P.Torrens fikricha ,kreativ shaxs muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish ularni o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash , unga to‘g‘ri yechim topishda bilim va amaliy ko‘nikmalarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalay oladigan mukammal shaxsdir....... Shaxslardagi ushbu jarayon muayyan bosqichlar asosida izchil rivojlanib boradi. Xo‘sh, shaxs faoliyatida kreativlik qanday shakllanadi va qachondan paydo bo‘ladi.......... Asosan kreativlikni ma’naviy dunyoqarashimiz tashkil etadi, nega insondagi eng ulug‘ sifat bu -uning ma’naviy dunyo.Kreativlikni tashkil qilishini asosi esa ongli mavjudot sifatidainson o‘z nafsini jilovlay olgan,og‘ir bosiqlik bilan qaror qabul qiladigan,omma oldida to‘g‘ri hukm chiqaradigan,notiq,saviyali individ hisoblanadi. Kreativlikni shakllantirishning mezoni faqatgina kitob o‘qish yoki yaxshi xulq sohibi bo‘lish emas.Uning uchun faoliyatni ijtimoiy hayot bilan bog‘lab borish lozim. Vaqtdan unumli foydalanish,o‘zida mavjud imkoniyatlarni kam deb bilmaslik,imkon topgunicha izlanishi,ko‘proq kashfiyotlar va statistik ma’lumotlar bilan qiziqishi, asarlarni har tomonlama tahlil qilishi,qahramonlar o‘rniga o‘zini qo‘yib muallif ichki dunyosini sezishi orqali ham insonni kreativligi oshadi. Siz kreativ bo‘ling ,ammo hech qanday yangilik yarata olmasangiz sizni hech kim tan olmaydi.... Kreativlikning asosini yaratuvchanlik qobiliyati tashkil qiladi. Kreativ insonlar o‘zlarini manman tutishmaydi, aksincha hali bu kashfiyotlari, o‘qiganlari, ko‘nikmalari juda kamligini his qiladi. Odatda mutaxassislarning fikricha, kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansa-da ,biroq bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi .Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma ,malakalarini o‘zlashtirishi zarur degan ehtimolni ifodalaydi..O‘zi shaxslardagi keativlik inson o‘zini tavakkaldan olib qochish ,iqtidorni to‘g‘ri rag‘batlantira olish, ichki olamini,fantaziya ko‘lamini to‘g‘ri tushuntira olish va chiqara olishi, har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylashi ,kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashishi , har bir o‘zidagi qiziqishga e’tibor qaratishi lozim ,ana shundaginahaqiqiy kreativ inson rivojlanadi.
Kreativ shaxsning xususiyatlari nafaqat jamiyatga, balki butun kretivlikni anblagan insonlar hayotiga chaqmoqdek kirib boradi ,ularni o‘sha xususiyatlar qamrab oladi, qaysidir ma’noda olg‘a intilishni, faqat va yana faqat rivojlanishga undaydi. Jamiyat hayotida bunday shaxslarning ko‘payishi hech qanday ortiqcha shubhalarsiz rivojlanish yo‘lini ochib beradi.Kreativlik-yaratuvchanlikdegani deb faqat kashfiyotlarni yoki qandaydir fizik-kimyoviy olamshumul yangiliklarni emas oddiy inson hayoti davomidagi izchil o‘zgarishi ,oddiy tilda aytganda, ruchkani ushlashning yana qandaydir noodatiy usulini o‘ylab topishdir.
KREATIVLIK bir soz bilan aytganda -ijodiy ishga qobiliyat bilan kirishmoq demakdir .Ushbu qobiliyat esa aynan o‘qituvchi va murabbiylar uchun juda zarur sanaladi.O‘z ustida ishlagan ,mehnat qilgan ,yangiliklar yaratgan,kreativlikni o‘zida mujassamlashtirgan insonlarning muvaffaqiyatining siri ularning kreativ xususiyatlaridir. Zero, jamiyat ,davlat mehnatsevar, kreativ, innovatsion yondashuvchi,halol,adolatli., haqni tan olgan ,qonun bilan hamnafas yashaydigan kadrlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularga shar-sharoitlar yaratib beradi!!!


Download 28,89 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 28,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ijodkorlik, ijodkor shaxs, kreativ shaxs

Download 28,89 Kb.