|
Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari Reja
|
bet | 1/8 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 58,75 Kb. | | #146592 |
Bog'liq 1-KA Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
Reja:
Kursning qisqacha mazmuni va tarkibi
Baholash mezonlari
Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari
Axborot xavfsizligini ta’minlash darajalari (huquqiy, tashkiliy, texnik) kontekstga bog‘liq holda tizim tushunchasi
Tizimni tahlillashga yaxlitli yondashuv.
Tayanch iboralar: Axborot xavfsizligi, konfidentsiallik, buzg’unchi, milliy xavfsizlik, xavfsizlik mexanizmlari, yaxlitlik, vakolat berish, foydalanishni nazoratlash.
Kursning qisqacha mazmuni va tarkibi
Fanni o‘qitishdan maqsad - kasbiy faoliyatda axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taminlash bo‘yicha masalalarni yechishda bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi- talabalarga kiberxavfsizlikning asosiy tizimlari bilan tanishtirish va kriptografiya asoslari, foydalanishni nazoratlash, tarmoq va kompyuter xavfsizligini ta’minlashning hamda axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularga qarshi kurashishni samarali usul va vositalarini o‘rgatishdan iborat.
«Kiberxavfsizlik asoslari» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
texnik satxlari;
axborot xavfsizligi tamoyillari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarining ta’riflarini;
axborot xavfsizligining huquqiy-me’yoriy bazasini;
axborot xavfsizligi sohasida xalqaro, milliy va idoraviy me’yoriy-
huquqiy bazani;
axborotning konfidensialligi, butunligi va foydalanuvchanligi tushunchalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
axborot xavfsizligiga tahdidlarning asosiy turlari hamda ularga qarshi kurashish metod va usullarini tushuntirib berishi;
axborotning maxfiyligi, butunligi va foydanuvchanligining buzilishi usullarini tahlil qilish;
axborotning yo‘qolishi va buzilishi sabablari, turlari, kanallarini tahlil qilish;
axborotni himoyalash usullari va vositalarini qo‘llash;
kriptografiya, foydalanishni boshqarish, tarmoq va kompyuter xavfsizligini taminlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Baholash mezonlari
- Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish;
- Tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;
- O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
- Joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish;
- Yakuniy nazorat testini topshirish.
Kiberxavfsizlik asoslari fanidan semester davomida 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan 50 ball oraliq va joriy nazorat uchun qo‘yiladi. Qolgan 50 ball yakuniy nazorat uchun ajratilgan.
Sababsiz 10 soatdan ortiq dars qoldirgan talabalar fandan chetlashtiriladi hamda to‘plagan ballari inobatga olinmaydi. Joriy va oraliq nazoratdan 30 balldan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi. Yakuniy nazoratdan 30 balldan kam ball to‘plagan talabalarning ballari joriy va oraliq nazoratidan olgan ballariga qo‘shilmaydi. Talaba fan kreditni olmagan hisoblanib, qarzdor sifatida fanni qaytadan o‘qiydi.
Talabalarni baholash mezonlari:
|
|
|
| |