KIMYOVIY REAKSIYALAR KINETIK KLASSIFIKATSIYASI
Kimyoviy reaksiyalar kinetik jihatdan reaksiyaning molekulyarligi va reaksiya tartibiga ko’ra klassifikatsiyalanadi.
Kimyoviy reaksiyaning elementar aktida ishtrok etuvchi molekulalar soniga qarab reaksiyalar monomolekulyar (reaksiyada bitta molekula ishtrok etadi) biomolekuyar (reaksiya borishi uchun kamida ikkita molekula bo’lishi kerak) trimolekulyar (reaksiyaga uchta molekula kirishadi) va polimolekulyar (reaksiyada uchtadan ortiq molekula ishtrok etadi) reaksiyalarga bo’linadi.
Amalda polimolekulyar reaksiyalar deyarli uchramaydi. Bi va triomolekulyar reaksiyalarning amalga oshirish uchun ikkita yoki uchta zarracha o’zaro to’qnashishi kerak.
Zarrachalar soni ko’paygan sari bunday to’qnashuv ehtimolligi kamayib boradi: uchta zarrachaning to’qnashish ehtimolligi ikkita zarrachaning to’qnashishi ehtimolligidan kam to’rtta zarrachaning to’qnashishi ehtimolligi esa uchta zarrachanikidan kam va deyarli sodir bo’lmaydi.
Agar reaksiyada ko’p molekulalar ishtrok etadigan bo’lsa, jarayon ancha murakkab yo’l bilan ikki yoki uch bosqichda boradi.
J2 2J
Monomolekulyar reaksiyada bitta molekula qatnashadi. Bunga radiy atomoning parchalanib radonga aylanishi ba’zi molekulalarning ichki molekulyar o’zgarish reaksiyalri kiradi, masalan:
Oddiy monomolekulyar reaksiyalar uchun reaksiya tezligi quyidagicha ifodalaniladi:
Bunda S boshlang’ich moddaning konsentratsiyasi.
Biomolekulyar reaksiyalarda ikkita molekula reaksiyaga kirishadi masalan
H2 J2 2HJ
Oddiy biomolekulyar reaksiyalar uchun reaksiya tezligi
Bunda S1 va S2 boshlang’ich moddalarning konsentratsiyasi.
Trimolekulyar reaksiyalarda bir vaqtning o’zida uchta molekula o’zaro to’qnashishi kerak. Bunda quyidagi reaksiya misol bo’la oladi:
Umumiy holda trimolekulyar reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalaniladi:
Bunday reaksiyalar juda kam uchraydi.
|