Suyuqlika bilan sovutish tizimining tuzilishi




Download 0,54 Mb.
bet50/160
Sana17.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#240565
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
Bog'liq
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

Suyuqlika bilan sovutish tizimining tuzilishi.
Hozirgi vaqtda dvigatellarda qo’llaniladigan suyuqlik bilan sovitish tizimi yopiq tizim hisoblanadi. Chunki tizim bushligi atmosfera bilan bog’liq emas. Bunday tizimda,(5.1-rasm) suyo’qlik kuyiladigan radiator10 bakining bugzi, ikkita klapanga ega bo’lgan kopkok 9 bilan jips berkitilgan. Tizim bushligi atmosfera bilan kopkokdagi klapanlar orqali boglangan bo’lib unda (45-100 kPa) ortikcha bosim saklab turiladi. Ortikcha bosimni saklab turilishi suyo’qlikni kaynash haroratini 110-120 S gacha ko’taradi. Bu esa uz navbatida suyo’qlikni kam buglanib bexuda sarflanishidan saqlaydi.
Dvigatel ishlaganda radiator 10 da sovitilgan suyo’qlik patrubok va shlang orqali nasos 3 yordamida suv tarkatuvchi truba 2 orqali silindrlar blokining sovitish g’ilofiga tarkatiladi. So’ngra, suyo’qlik termostat 5 klapani va yuqorigi patrubok 6 orqali radiatorning yuqorigi bachogiga utadi. Keyinchalik, radiatorda ventilyator 7 yordamida sovitilgan suv uning pastki bachogi 12 ga okib tushadi. Shu tarzda tizimdagi suyo’qlik nasos yordamida majburiy uzluksiz harakat qiladi. Sovik dvigatelni yurgazilganda uni tez isitish uchun sovitish tizimida termostat o’rnatiladi. Dvigatel endi yurgazilganda suyo’qlikning harorati past bo’lganligi sababli termostat klapani yopiq bo’lib g’ilofdagi suyo’qlik kichik doira buylab ya’ni radiatorga utmasdan nasosga kaytadi. Suyo’qlik, radiatorga utmasdan, kichik doira buylab aylanganligi sababli u tez isiydi. Tizimdagi suyo’qlik harorati 68-72 S ga ko’tarilganda, termostat ichidagi tez buglanuvchi aralashmaning kengayishi hisobiga uning klapani ochila boshlaydi. Keyinchalik suyo’qlikning harorati 85 S ga yetishi bilan klapan tulik ochiladi va suyo’qlik katta doira buylab, radiator orqali aylanadi.
Radiator blokda isigan suyo’qlikning issiqligini tashki muxitga tarkatish uchun xizmat qiladi. U yuqori va pastki, ayrim avtomobillarda VAZ-2108, Neksiya) yonboshdagi bachoklar, o’zak panjaralar va radiator kopkogidan tashkil topgan. Radiatorning yuqori bachogidagi bugizi kopkok bilan jips berkitiladi. Radiator o’zaklari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo’lishi mumkin (5.2-rasm, a,b). Naychalari, ko’pincha yassi kesimli bo’lib ko’p hollarda vertikal, ayrim avtomobillarda esa (VAZ-2108, Neksiya) gorizontal joylashtirilgan. Naychalari, gorizontal yoki tulkinsimon kurinishdagi plastinkalar orasidan utib, uchlari yuqorigi va pastki yoki yonboshdagi bochoklarga, kavsharlanadi. Radiator elementlari (bachoklar, plastinalar, naychalar) ko’p avtomobillarda latundan tayyorlangan bo’lsa, ayrimlarida (VAZ-2108, Neksiya) plastina va naychalari alyuminiy, bachoklari esa plastmassadan ishlangan. Sovitish tizimi yopiq bo’lganligi uchun radiatorning yuqori bachogdagi bugizi kopkok bilan jips berkitiladi. Kopkokda bug-havo klapani o’rnatilgan (5.2-rasm, v).
Bug klapani tizimda 45-60 kPa, ba’zi dvigatellarda (ZiL-130) 100 kPa, aimosferadan ortik bo’lgan bosimni saklab turadi. Havo klapani, suyo’qlik sovib, tizimda bosim siyraklashganda (10 kPa) unga havo o’tkazib radiator naychalarini puchkayishdan saqlaydi.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik avtomobillarda sovitish tizimida kengayish (rasshiritelno’y) bachogi qo’llanilmoqda. Bunday bachok sovituvchi suyo’qlik hajmini (kizishdan kengayish hisobiga) o’zgarishini ta’minlashda xizmat qiladi, shuningdek tizimdan havo va buglarni chikishiga imkon yaratadi.
Keyingi vaqtlarda yengil avtomobillarda (VAZ-2108, Neksiya, Tiko, Damas) elektr ventilyatorlardan foydalanilmoqda. Bunday ventilyatorlarning ishlashi sovituvchi suyo’qlikning haroratiga bog’liq bo’lib radiator bachogiga o’rnatilgan datchik yordamida ulanadi yoki o’ziladi.
Gidravlik yoki elektr yuritmali ventilyatorlarni kullash dvigatelning sovitish tizimida eng kulay harorat rejimini saklash imkonini yaratadi. Ventilyator parraklari listli po’latdan shtamplash usuli bilan yasaladi yoki, yengil avtomobillarda, ko’pincha, plastmassadan tayyorlanadi.

5.2-rasm. Radiatorningqismlari.


a- naycha-to’lqinsimonplastinalio’zak, b-naychaplastinalio’zak, v-qo’shklapanlikopkok.



Download 0,54 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqlika bilan sovutish tizimining tuzilishi

Download 0,54 Mb.