Kompyuter monitori 2 hil rejimda ishlaydi:
1 . Grafikli;
2. Matnli;
Matnli holatda ekranda 25ta qator va 80ta ustun joylashgan. Grafikli holatda esa 320h 180, 360h 80, 450h 200 piksellar joylashadi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlar 600h 450, 720h 450, 1024h 768, ranglar esa 256 tadan 1 milliongacha bo’ladi. Qanchalik rang ko’p va nuqtalar soni ko’p bo’lsa, tasvirlar va grafikli ma`lumotlar aniq va ravshan ko’rinadi. Paint Brush dasturi Windows muhitida ishlashga moslashgan. Ko’p masalali rejimda ishlaydi. Paint Brush dasturi ishlash juda qulay, unda nuqta, aylana, to’rtburchak, tugri chiziq, egri chiziqlarni oson chizish mumkin. Paint Brushga kirish uchun birinchi bo’lib bosh menyuga kiramiz, bosh menyudan dasturni tanlaymiz va standartga o’tamiz, Paint Brush dasturiga kirgani-mizda oynada Paint nomsiz degan yozuv kurinadi. Bu degani ya`ni biz chizadigan rasmni nomi yo’q va u hotiraga kiritilmagan. Rasm chizishda avval rang tanlanadi, chizilgan chizmalarni o’chirish va qirqib olish, nusxa ko’chirish, kichraytirish, kattalashtirish imkoniyatlari mavjud. Matnli ahborotlarni klaviaturadan to’la kiritish mumkin. Yangi rasm hosil qilish, uni saqlash va chiqarish imkoniyati ham mavjud.
Kompyuterda ahborotni qayta ishlash uchun uning tashqi qurilmalaridan keng foydalanish zaruriyati tugiladi.
Masalan, suratni kompyuter hotirasiga kiritish uchun suratga tushirish ko’rilmasi (skanerlar)dan, chizmalar uchun ahborotni raqamli ko’rinishga o’tkazish qurilmasi (digitayzer)dan, rasmlar uchun esa "Sichqoncha" manupulyatoridan foydalanish mumkin.
Biz yuqorida grafik ahborotni uning "Ko’rinishi" bo’yicha uch guruhga ajratdik. Ammo tasvirlarni boshqa mezonlar bo’yicha ham turli mezonlarga ajratish mumkin. Masalan, tasvir harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan yohud tasvir doimiy holatda (masalan, qog’ozda, plyonkada va h.k) yoki vaqtinchalik holatda (masalan, ekranda) bo’lib, uni ko’rsatadigan qurilma uchirilgach, tasvir ham yuqoladi. Tasvir tekis yoki hajmli holda ham bo’lishi mumkin.
Grafik muharrirlar yordamida tayyorlangan ma`lumotlarni alohida va jadval ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’ladi. Alohida ifodalangan grafik ahborot ishlatilganda, u har safar tashqi qurilmadan hotiraga yuklanishi kerak bo’ladi.
Jadval ko’rinishida esa, ahborotlar hotiraga bir marta yuklanadi va istalgan vaqtda keraklisini ishlatish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Kompyuter yordamida yaratilayotgan multfilmlarda ana shu jadval ko’rinishidan foydalaniladi. Grafik ahborotning sifati ishlatilayotgan kompyuterning imkoniyatlariga ham bog’liq albatta. Ba`zi kompyuter ekrani gorizont bo’yicha 560ta va vertikal bo’yicha 560ta nuqtadan iborat turga bo’linsa, ba`zilari 1024h 1024turga ajratiladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuter imkoniyatlari bundan ham yuqoridir.
Grafik muharriri – kompyuter dasturli ta`minotining bir qismini tashkil etadi. Masalaning boshqa tomoni hosil qilingan tasvirni bosmaga chiqarishdir. Buning uchun turli o’lchovli va turli rangga ega bo’lgan grafko’rgichlardan foydalaniladi.
Tasvirni bosmaga chiqaruvchi qurilma - printerga ham chiqarish mumkin albatta, ammo bunda aniqliq yuqoladi. Graf ko’rgichlarda ham nuqta va kesmalardan foydalanilganligi sababli yaratilgan tasvirda aniqliq juda ham to’lik bo’lmaydi.
Rasm solish holatida ekranda nuqtalar, to’g’ri chiziq kesmalari, egri chiziq va boshqa belgilar yordamida rasm solish mumkin bo’ladi.
|