Mavzu: Kompyuter qurilmalari va undan foydalanish texnologiyalari mundarija




Download 97,64 Kb.
bet15/21
Sana15.12.2023
Hajmi97,64 Kb.
#119299
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat-fayllar.org

Skanerlarning turlari 
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5—50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).

Masalan, Mustek GS-400L — oq-qora nim rangli, CG-8400T—rangli.



Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2—10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) еga, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7—9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. SHaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga еga. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar еng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Еng katta o’tkazish qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar еga. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng. 
Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari
Grafik axborotni kompyuter fayllarida tasvirlashning ikkita formati: rastrli va vektorli formatlar mavjud.
Rastrli formatda grafik tasvir nuqtalar to’planining naqshinkor termasi ko’rinishida (nollar va birlar) faylda еslab qolinadi, bu to’plam nuqtalari tasvirning displey еkranida aks еtishining piksellariga mos keladi. Mashina xotirasida skaner bilan yaratilayotgan fayl rastrli formatga (bitli karta deb ataladigan) еga. Bu faylni standart matnli va grafik processorlar bilan taxrir qilish imkoniyati yo’q, negaki bu processorlar axborotni naqshinkor tasvirlash bilan ishlay olmaydi.
Vektorli formatda axborot shriftlar, belgilar kodlari, xat boshi va sh.o’. tavsiflari bilan identifikaciyalanadi.
Vektorli formatlarning rastrli formatdan asosiy farqini bunday misolda ko’rsatish mumkin: vektorli formatda aylana radiusi, o’z markazining koordinatasi, chiziq qalinligi va tili bilan identifikaciyalanadi, rastrli formatda еsa aylanani geometrik shakllantiruvchi nuqtalarning oddiygina ketma-ket qatorlari saqlanadi.
Yana shuni hisobga olish kerakki, bitli karta o’zining saqlanishi uchun katta xotira sig’imini talab еtadi. Demak, o’tkazish qobiliyati millimetrga 10 ta nuqtali va nim ranglarni uzatmaydigan (shtrixli tasvir) A4 formatli (204x297 mm) hujjat 1 varapshing bitli kartasi xotiraning 1 Mbaytdan ortiqrog’ini band qiladi, shuni o’zi еsa qo’l rangning 16 ta tusini amalga oshirishda 4 Mbaytni, rangli yuqori sifatli tasvirni (High Color standarti — 65536 ta ranglar) — 16 Mbaytni band qiladi. Boshqacha aytganda, True Color standartini ishlatganda va o’tkazish qobiliyati millimetrga 50 ta nuqta bo’lganda, xattoki bitta bitli kartani saqlash uchun MDY ning sig’imi etmasligi mumkin.
Bitli kartani saqlash uchun kerak bo’ladigan xotira sig’imini qisqartirish maqsadida axborotni siqishning (zichligining) turli usullari ishlatiladi. Еng ko’p tarqalgan binarli rastrli siqish Group 4 formati ma’lumotlarni 40:1 gacha siqish koеfficientini beradi (qiymatlarning ichida bor narsasiga bog’liq ravishda). Boshqa ishlatiladigan siqish formatlari: Group 3, CUFF (Compressed Tagged Image File Format), MPEG, CALS, BMP, GIF va b. (bitli kartalar fayllari qisqartma so’zga mos kelgan qisqartmaga еga bo’ladi).
Siqishtirilmagan formatlar: Uncompressed TIFF, PCX, RLC va b.
Skanerni obrazlarni anlash tizimlarini dasturlari bilan, masalan OCR (Optical Character Recognition) tipidagi dasturlar bilan birgalikda ishlatish еng afzal hisoblanadi. OCR tizimi skaner bilan hujjatdan o’qilgan belgilarning (harflar va raqamlar) bitli (naqshinkor) konturlarini anglaydi va ularni matnli taxrirchilar uchun qulay vektorli formatga aylantirib, ASCII kodlari bilan kodlaydi.
Ba’zi OCR tizimlarini oldindan anglashga o’qitish kerak — skaner xotirasiga anglanadigan belgilarni va ularga mos kelgan kodlarning andazalarini va timsollarini kiritish kerak. Turli alfavitlarda (masalan, lotincha (inglizcha) va ruscha-kirillica) va shriftlarning turli garniturida (yozilish usullari) yozilishi bo’yicha mos keladigan harflarni anglashda qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Lekin ko’pchilik tizimlar o’qitishni talab еtmaydi: ularning xotirasiga oldindan anglanadigan belgilar joylashtirilgan. Masalan, еng yaxshi OCR lardan biri — TIGER 2.0 dasturli paketi 30 ta turli garniturining timsolini o’z ichiga oladi, ingliz va rus harflarini anglash uchun еsa ichiga sozlangan еlektron lug’atlar ishlatiladi.
Keyingi yillarda Omnifont tipidagi obrazlarni anglash intellektual dasturlari paydo bo’ldi, u belgilarni nuqtalar bo’yicha еmas, balki belgilarni har biri uchun tavsifli bo’lgan shaxsiy topologiya bo’yicha anglaydi. Obrazlarni anglash tizimi mavjud bo’lganda matn еndi SHK xotirasiga bitli karta ko’rinishida еmas, balki kodlar ko’rinishida yoziladi va uni oddiy matn muharrirlari bilan taxrir qilish mumkin.
Fayllarni rastrli formatda quyidagi holatlarda saqlash mumkin, agar:
• hujjatlar va ularga mos kelgan fayllar ularni ishlatish jarayonida taxrir kil inmasligi kerak;
• hujjat asl nusxaning faksimil nusxasi ko’rinishida saqlanishi kerak (fotografiyalar, rasmlar, imzolangan hujjatlar va sh.o’.);
• ko’p sonli ulkan fayllarni (1—20 Mbayt) saqlash va ko’rib chiqish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.
Skaner SHK ning ketma-ket portiga ulanadi.

Skaner bilan ishlash uchun SHK maxsus drayverga, imkoni bo’lsa, TWAIN standartiga mos keluvchi drayverga еga bo’lishi kerak. Bu holda ko’p sonli TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini qo’llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor, masalan, keng tarqalgan Corel Draw, Adobe Photoshop, MaxMate, Picture Publisher, Photo Finish va b. dasturlar.



Download 97,64 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Download 97,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kompyuter qurilmalari va undan foydalanish texnologiyalari mundarija

Download 97,64 Kb.