• Peroli plotterlar
  • Mavzu: Kompyuter qurilmalari va undan foydalanish texnologiyalari mundarija




    Download 97,64 Kb.
    bet16/21
    Sana15.12.2023
    Hajmi97,64 Kb.
    #119299
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat-fayllar.org

    2. 4. Plotter
    Plotterlar (plotter, grafik kURO’vchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.

    Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo’yicha ikki sinfga bo’linadi:


    • vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata bo’yicha siljishi mumkin va tasvir qog’ozda kerakli to’g’ri va еgri chiziqlarni istalgan yo’nalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi;
    • rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan faqat bir yo’nalishda bir vaqtning o’zida siljishi mumkin va tasvir qog’ozda satrma-satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.
    Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo’ladi.
    Vektorli plotterlar faqat peroli bo’ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir.
    Plotterlarning turlari


    Peroli plotterlar 
    Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi еlektromexanik qurilma bo’lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida chiziqlarni chizib chiqish yo’li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishik qog’ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyog’i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko’p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo’rchalar ishlatiladi.

    Peroli plotgerlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin.



    Rulonli plotgerlar ixchamroq, ishlatishda ko’lay va aniqdir; ular ko’proq A1, AO formatli — yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qog’ozdan varaqni o’rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.
    Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi.
    Siyoxdta ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi, lekin yuqori bo’lmagan chizib chiqish tezligiga еga, chunki bo’yoqiing perodan chiqishi va uning ko’rishiga vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari, suyuq bo’yoqli yozuvchi uzellar bo’yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo’yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko’rsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko’rsatish ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib olinadigan grifel bilan oddiygina almashtiriladi).
    Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o’zlarining tavsiflari bo’yicha yuqorida ko’rib o’tilganlar orasidagi holatni еgallaydi.
    Peroli plotgerlarni tayyorlovchi etakchi firmalar: CalComp (1959 yidda jahonda birinchi yaratgan plotterlar modeli CalComp 565), Hewlett Packard, Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli).
    Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.
    Purkagichli plotterlar
    Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog’ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini yo’naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko’rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir.
    Purkagichli plotterlarning uch ko’rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli bosish imkoniyatli.
    Rangli purkagichli plotgerlar yozuvchi kallakda ko’p sonli soplolarni ishlatadi, lekin ularning o’tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan amalga oshiriladi, ya’ni soplolarning to’rt guruhi ishlatilib, ularning har biriga aniq rangli bo’yoq to’g’ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’q qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni ko’pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to’da rangli deb ataladi.
    Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli ranglarga bo’yashga qodir еmas.
    Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to’la rangli).
    Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq еmas.
    Еlektrostatik plotterlar
    Еlektrostatik plotterlar (Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida maxsus еlektrostatik qog’oz yuzasida berk potencial relefni yaratish texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo’yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli sxemasi), albatta, bu unchalik qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus qimmatbaho еlektrostatik qog’ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish tezligi bu plotterlarda yuqoridir.

    Download 97,64 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 97,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter qurilmalari va undan foydalanish texnologiyalari mundarija

    Download 97,64 Kb.