Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha
qurilmalarini sozlash
Tekshirdi: Yo`ldoshov F.O`.
Bajardi: G`ulomova E.G`.
2021-Toshkent
G`ulomova Elmira 205-guruh (kechki)
1 – Laboratoriya ishi
Mavzu: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini
sozlash
Ishdan maqsad: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini sozlashni
o’rganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, protsessor, klaviatura,
sichqoncha, tarmoq
kartasi, audio karta, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira
Masalani qo`yilishi: Kompyuter qurilmalari haqida bilish va ularning turlarini
o`rganish.
Nazariy qism : Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg
Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM
(Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha
ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi
atama. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul
qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple
Computer" firmasi
tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini
tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter
hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta
ishlashning eng zamonaviy
vositasiga aylandi.
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalar:
Protsessor, monitor va
klaviatura. Qo`shimcha qurilmalarga “sichqoncha” manipulyatori, printer, plotter,
skaner, nurli pero, va boshqalar misol bo`ladi.
G`ulomova Elmira 205-guruh (kechki)
Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy
xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va
doimiy xotira qurilmasidan
(DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish
jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun
zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida
saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta
yuklangan vaqtda o'chib ketadi.
Asosiy plata yaxlit asosga yig‘ilgan elektron
sxemalardan iborat.
Unga protsessor, xotira va
boshqa qurilmalar ulanadi
Protsessor
kompyuterning tarkibiy
quril-
masi
hisoblanib, boshqa barcha qurilmalar ishini boshqaradi
Qattiq disk – ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi
Tezkor xotira – ma’lumotlarni vaqtincha – kompyuter
ishlashi davomida saqlaydi
Monitor (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini
anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks
ettirish qurilmasi bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:
a)
Elektron nurli trubkali b) Plazmali panellar c) Suyuq kristalli
G`ulomova Elmira 205-guruh (kechki)
Klaviatura
(tugmachalar
qurilmasi) bosma
mashinkadagi
kabi
tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni
kiritish qurilmasi hisoblanadi
kompyuter sichqonchasi – kompyuterni boshqarish
qurilmasi;
Asosiy qurilmalardan tashqari, kompyuter boshqara oladigan qurilmalar ham mavjud.
Ular kompyuterning
yordamchi yoki
qo‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuter
qo‘shimcha
qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo bu qurilmalarsiz ma’lumotlarni
chop etish, nusxalash yoki uzatishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Kompyuterga quyidagi qo‘shimcha qurilmalarni ulash mumkin:
•
printer – ma’lumotlarni chop etish qurilmasi;
•
disk yuritgich – CD (Compakt Disk) va DVD (Digital Video Disk)larni
o‘quvchi qurilma;
•
skaner – qog‘ozdagi tasvir va matnlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi
qurilma;
•
tovush kolonkalari – ovozli ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi.
Xulosa:
Men bu laboratoriya mashg`uloti orqali o`zimga kerakli bo`lgan
barcha
ma`lumotlarga ega bo`ldim. Xulosam shundan iboratki hozirgi kunda har bir ishimiz
ham har xil hujjat ishlari ham kompyutersiz bitmedi Bu labaratoriya orqali
kompyuterga tegishli bulgan barcha qurilmalari bilan tanishib chiqdim Kompyuter
haqidagi malumotlarni hozirgi kunda har bir inson bilishi kerak chunki hozir
kompyuter asri hisoblanadi