Mobil dasturlash
Mobil qismida Java dasturlash tilidan foydalanamiz
Java dasturlash tili
Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling, Patrick Naughton, Chris Warth, Ed Frank va Mike Sheridanlar tomonidan Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida „Oak“ (eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda „Java“ ga oʻzgartiligan. „Oak“ ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida „Java“ ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy, Arthur van Hoff, Jonathan Payne, Frakn Yellin va Tim Lindhom javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi.
JDK 1.0 1996-yil 23-yanvarda chiqarildi. Javaning birinchi versiyasidan soʻng tilga koʻplab qoʻshimcha funktsiyalar qoʻshildi. Endi Java Windows ilovalari, veb-ilovalar, korporativ ilovalar, mobil ilovalar, kartalar va hokazolarda qoʻllanilmoqda. Har bir yangi versiya Javaga yangi xususiyatlarni qoʻshadi. Hozirgacha koʻplab java versiyalari chiqarilgan. Javaning hozirgi barqaror versiyasi — Java SE 17.[4] Hozirda, 2022-yil 21-may holatiga koʻra, Java 8, 11 and 17 javaning barqaroq versiyalari, yaʼni doimiy ravishda qoʻllab quvvatlanadigan versiyalar sifatida qaraladi.[5] Javaning asosiy relizlari, ularni chiqarilgan vaqti bilan keltirilgan:
JDK Beta 1995
JDK 1.0 Yanvar 23, 1996[6]
JDK 1.1 Fevral 19, 1997
J2SE 1.2 Dekabr 8, 1998
J2SE 1.3 May 8, 2000
J2SE 1.4 Fevral 6, 2002
J2SE 5.0 Sentabr 30, 2004
Java SE 6 Dekabr 11, 2006
Java SE 7 Iyul 28, 2011
Java SE 8 (LTS) Mart 18, 2014
Java SE 9 Sentabr 21, 2017
Java SE 10 Mart 20, 2018
Java SE 11 (LTS) Sentabr 25, 2018[7]
Java SE 12 Mart 19, 2019
Java SE 13 Sentabr 17, 2019
Java SE 14 Mart 17, 2020
Java SE 15 Sentabr 15, 2020[8]
Java SE 16 Mart 16, 2021
Java SE 17 (LTS) Sentabr 14, 2021
Java SE 18 Mart 22, 2022
|