|
-reja: Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi samaradorligini oshirish yo‘llari
|
bet | 5/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 16,89 Kb. | | #242684 |
Bog'liq Mavzu Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi Reja Korxona tu azkurs (2)3-reja: Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi samaradorligini oshirish yo‘llari
Korxonalar rivojlanishining har bir bosqichiga korxona faoliyati samaradorligini oshirishga ta’sir etadigan ma’lum bir ishlab chiqarish strukturasi mos keladi. Sanoat rivojlanishining dastlabki bosqichida universal korxonalar tashkil qilingan bo‘lib, ular murakkab ishlab chiqarish strukturasiga ega bo‘lgan, chunki unda tayyorlov, ishlov berish, yig‘ish sexlarida cho‘yan quyish, rangli metall quyish, temirchilik, presslash, mexanika, slesarlik-yig‘ish va boshqa jarayonlar amalga oshirilgan. Bunday ishlab chiqarish strukturasi har qanday ishlab chiqarish doirasidagi buyurtmani bajarish imkonini bergan va korxonani yuqori raqobatbardoshligini ta’minlagan. Sanoat rivojlanishining bu bosqichida ishlab chiqarish strukturasining texnologik turi hukmron bo‘lib, u o‘z navbatida ayni texnika taraqqiyoti darajasida dastgohlarni bir xil guruhi bo‘yicha joylashtirishga majbur etgan.
Ishlab chiqarish strukturasini texnologik turini hukmron bo‘lishiga sabab korxonada donaviy va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilinganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ilmiy-texnik taraqqiyot turli xildagi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan agregatlarni bitta tizimga (liniya) o‘rnatish imkonini beruvchi individual uzatmalar yaratilishiga olib keldi. Buning natijasida buyumli ishlov beruvchi sexlarga ega bo‘lgan zavodlar paydo bo‘la boshladi. Biroq, ishlab chiqarish jarayonining tayyorlov bo‘limi har qanday korxonani hattoki, kichik va o‘rta korxonalarning ajralmas qismi bo‘lib, tayyorlov sexlari texnologik jihatdan ixtisoslashganligicha qoldi
Ishlab chiqarishning keyingi texnik-texnologik taraqqiyoti tayyorlov va ishlov berish sexlarini birlashtiruvchi buyumli yopiq sexlar va uchastkalarni yaratishga olib keldi
Bunday sex va uchastkalarning samaradorligini oshirishga har bir detal, uzel, buyumga ishlov beruvchi uchastkalarni birlashtirish hisobiga ularni sonini kamaytirish; uchastkada ishlov berilayotgan buyumlar harakati (marshruti) sonini kamaytirish; dastgoh moslamalarini qayta almashtirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish; detallarni uchastkalar o‘rtasida va operatsiyalar o‘rtasida turib qolishvaqtini kamaytirish natijasida erishiladi
Ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirishning muhim yo‘li-asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi sexlar va xizmatlar hajmini kamaytirishdir. Bunga ixtisoslashtirilgan ta’mirlovchi va asbobsozlik zavodlarini yaratish asosida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga erishish mumkin. Dastgohlarni kapital, qisman va mayda ta’mirlashni, asboblar tayyorlashni ixtisoslashgan zavodlarga berish bir qator yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar va undagi ishlovchilar sonini kamaytirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda detallar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar takomillashmagan usullarda ishlab chiqariladi. Natijada yarim tayyor mahsulotlar buyumning tayyor detallaridan o‘lchami va shakli bilan farq qiladi. Qayta ishlash uchun beriladigan qo‘shimchalar juda katta bo‘lishi, korxonalarda yarim tayyor mahsulotlarga kesish usuli bilan qayta ishlov beradigan yuqori quvvatli mexanika sexlarini tashkil qilinishiga zarurat tug‘diradi. Yarim tayyor mahsulotlarga bunday mexanik ishlov berish kam unumligi va mexanika sexi korxona ishlab chiqarish strukturasida katta hajmni egallashi ishlab chiqarish jarayonini yarim tayyor mahsulot tayyorlash bosqichida texnika va texnologiyani rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi
Masalan, korxona ishlab chiqarish strukturasidagi mexanika sexlarini hajmini yarim tayyor mahsulot (aniq quyma, svarka, qolip) ni ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiya va usullarni tadbiq etish hisobiga qisqartirish, yarim tayyor mahsulotlarga ishlov berishga sarflangan vaqt miqdorini qisqartirish, har bir detalni tayyorlash uchun material va xom ashyo sarfini kamaytirish yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi omillardir
Korxonalarda tayyorlov bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish strukturasida tayyorlov sexlari nafaqat o‘rta va yirik hajmda, balki kichik korxonalar bo‘lishi mumkin. O‘rta va kichik korxonalardagi tayyorlov sexlaridagi dastgohlarning yuklanish koeffisienti past bo‘lib, tayyorlov sexlari esa, katta ishlab chiqarish maydonini egallaydi
Yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirilgan zavodlarga berish natijasida seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga sharoit yaratiladi, bu esa har bir korxonaga ishlab chiqarish strukturasida presslash, payvandlash, quyish uchastkalarini qisqartirishga imkon beradi
X U L O S A
Shunday qilib, ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish yo‘llarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kelgusida korxonalar tayyorlov va asbobsozlik sexlari bo‘lmagan hamda mexanika va ta’mirlash sexlari qisqargan ishlab chiqarish strukturasiga o‘tishlari lozim. Bu esa ishlab chiqarishning yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida, ishlab chiqarish jarayonini tayyorlov va ishlov berish bosqichlarida ishlovchilar sonini kamaytirishga imkon beradi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxini pasaytiradi, ishlab chiqarish rentabelligini va foydani oshiradi
http://azkurs.org
|
| |