Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari




Download 41,04 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2024
Hajmi41,04 Kb.
#154138
  1   2
Bog'liq
Mavzu Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformator



Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari.
Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Kuch transformatori tuzilishi

  3. Transformatorlar tasnifi.


Kuch transformatori elektr tarmog'ining muhim elementlaridan hisoblanadi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladigan joydan uzoq masofalarda joylashgan iste’molchiga birlamchi kuchlanishni olti marotabadan kam bo’lmagan holda ko’paytirib uzatiladi. Iste’molchi oldida u yana pasaytirilib, iste’molga beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun transformatorlar xizmat qiladi. Masalan, elektr stansiya shinalardagi 15,75 kV kuchlanish ketma-ket olti kuchlanishli transformatorlar yordamida quyidagi kuchlanishlarga aylantiriladi: 15,75-525 kV ga; 500-242 kV ga; 220-121 kV ga, 115-38,5 kV ga, 35-11 kV ga, 10-0,4 yoki 0,69 kVga. Energiyani ko’p sonli mayda iste’molchilarga taqsimlash transformatorlar sonini ko’paytirishga olib keladi. Har bir pog’onadagi transformatorlar quvvati oldingisining quvvatidan kattaroq qilib olinadi, Shunga ko’ra, barcha transformatorlar quvvati umumiy generator quvvatidan 8-10 marotaba katta bo’ladi, bu munosabat yaqin orada yana ko’payishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, elektr stansiyadan uzoqlashgan sari transformatorlar quvvati kamaya boradi va transformatorlar tayyorlash uchun ketadigan materiallar hajmi va energiya isrofi ortib boradi hamda har bir generatoming o’rnatilgan birlik quvvatiga 7-8 karra ko’p transformator quvvati talab etiladi. Yaqin orada bu son 9-10 karraga yetadi. Elektr stansiyaga ornatilgan transformatorlar soni unchalik ko’p bo’lmasligiga qaramay, ular energiya tizimi ishida katta ta’sirga ega.
Transformator statik elektr magnitli qurilma bo’lib, ikki yoki ko’p chulg’amlarga ega bo’lgan holda elektr magniti yordamida bir qiymatdagi kuchlanishni ikkinchi qiymatli kuchlanishga aylantirish uchun xizmat qiladi. Transformatorlar ikki va ko’p chulg’amli bo’lganda, o’zaro galvanik aloqaga ega bo’lmasligi mumkin. Ularda energiya uzatish magnit maydoni orqali amalga oshiriladi.
Transformatorlar tasnifi. Kuch transformatorlari nominal
quvvat, kuchlanish klassi, ishlash rejimi, konstruktiv tuzilishi va boshqalar bilan farqlanadi. Nominal quvvat va kuchlanish klassi bo’yicha transformatorlar 8 guruhga bo’linadi (tashqi o’lchamlari bilan farqlanadilar). Kuch transformatorlar umumiy xizmatli bo’lishlari mumkin. Ular unchalik farqlanmaydigan umumiy tarmoqqa ulanadilar. Shuningdek, maxsus kuch transformatorlari ham mavjud bo’lib, ular bevosita elektr tarmog’ini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ularga tortgich, o’zgartirgich yer osti ruda va shaxta tarmoq hamda qurilmalari kirishi mumkin. Sanoat transformatorlari mo’tadil, sovuq va tropik mintaqalarga mo’ljallab chiqariladi. Shuningdek, ular ochiq havo va bino ichiga ornatilishlari mumkin. Sovitish tizimi bo’yicha quruq va sovitkichli transformatorlarga bo’linadi. Quruq transformatorning shartli belgilari: ochiq holda; tabiiy havoli, himoyalagan tabiiy havoli, germetik yasalgan SG havo puflagichli SD Moyli transformatorlar: havo va moyning tabiiy aylanishi M havoni majburiy, moyni tabiiy haydash D havoni tabiiy, moyni majburiy haydash havoni tabiiy, moyni majburiy oqim bilan haydash havo va moyni majburiy haydash (moyli yo’naltirilmagan oqimli) DS havo va moyli majburiy haydash (moyli ko’paytirilgan oqimli suvni majburiy va moyni tabiiy haydash suv va moyni majburiy haydash (moy yo’naltirilmagan oqimli) suv va moyni majburiy haydash (moy yo’naltirilgan oqimli) Yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar: yonmaydigan suyuq dielektriikli tabiiy sovuvchi yonmaydigan suyuq dielektrik bilan majburiy sovitish (dielektrik yo‘naltirilgan oqimi) yonmaydigan suyuq dielektrik bilan majburiy sovitish (dielektrik yo’nalgan oqimli) Transformatorni ko’p va bir fazali qilib ishlab chiqariladi. Eng ko’p tarqalgan transformatorlar bu uch fazali transformatorlardir. Ularda uchta bir fazali transformatorlarga nisbatan isroflar 12-15 %ga kam, aktiv materiallar va narxi 20-25 % dan past. Uch fazali transformatorlar, aksariyat, elektrostansiya (nimstansiya) iste’molchilarni quvvat bilan ikki kuchlanishda (o’rtacha va yuqori) yoki o’rtacha va past kuchlanishlarda olib borilganda qo’llaniladi. Bir fazali transformatorlar uch fazali transformatorlar yo’q yoki tayyorlash mumkin bo’lmagan hollarda ishlatiladi. Energetik tizimlarda asosan ikki va uch chulg’amli uch fazali transformatorlardan foydalaniladi.
Transformatomi standartlash. Standartlashdan maqsad transformatorlarga yagona talab ishlab chiqishdir. Bu talablar tarmoqda kuch transformatorlaridan foydalanishda qulayliklar yaratishga qaratilgan. 1985-yili umumxizmat uch fazali transformatorlari uchun standartlar qabul qilingan, transformatorlar nominal quvvati va kuchlanishini qabul qilingan yuqori qiymatidan ko’tarish yangi standartlarni qabul qilishga olib keladi. Maxsus transformatorlar va KTP transformatorlari ishlab chiqarishlik ko’payadi. Shunga ko’ra transformator ishlab chiqarish nomenklaturasi ko’payishi ko’zda tutiladi. Standartlashtirish loyihaning o’zgarmas qismidir. Hozirda 220-750 kV transformatorlar standartlashtirilgan. Umuman olganda, standartlar uch guruhga bo’linadilar: barcha transformatorlarga taalluqli bo’lgan umumiy talablar; umumqo’llanuvchi ayrim seriyadagi transformatorlar uchun asosiy parametrlar va texnik talablar standard; maxsus transformatorlar asosiy parametrlari va texnik talablari standarti. Umumiy qo’llanishga mo’ljallangan kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining quruq va moylangani, quvvati 5 kVA va undan ortiq uch fazali va bir fazali quvvati 4 kVA dan ortiq, kuchlanish klassi 1150 kV bo’lganlari uchun GOST 11677—88 o’rnatilgan. Bu standart transfor­matorlarning quyidagi qo’llanish sohasi va ish tartibini beigilandi:
—sovitish turlarining tasnifi belgilandi;
—qizish me’yorini o‘rnatadi;
—nominal parametrlari va yuklanishi qobiliyatini ko’rsatadi;
—kuchlanishning ruxsat etilgan qiymatini belgilandi;
— izolatsiya elektr puxtaligini sxema va chulg’am ulanish guruhlarini ko’rsatadi;
— ruxsat etilgan shovqin darajasini aniqlaydi;
—umumiy konstruktiv talablar va hujjatlarga qo’yiladigan talablarni ko’rsatadi;
— ishlash puxtaligini va boshqalarni belgilaydi.
GOST 1610—82 «Kuch transformatorlari, atamalar va ta’riflar» da har bir tushunchaga bitta standart atama belgilaydi. Atamada-sinonimlar qo’llashga ruxsat etilmaydi. Alohida standartlangan atamalar uchun ko’rsatmalarga ruxsat beriladi. O’rnatilgan ta’riflarni zarur bo’lganda, bayon etilayotganda shaklan o’zgartirish mumkin, faqat ta’rif tushunchasiga putur yetmasligi zarur. Har xil ilmiy-texnik hujjatlar, o’quv va ma’lumotnoma adabiyotlarda atamalar qo’llanishi shart.
Transformatorlar parametrlari. Transformatorlarning asosiy parametrlariga nominal quvvat, nominal tok, nominal kuchlanish, QT toki, salt yurish toki (tok XX), salt yurish (SYu) isrofi, QT isrofi. Transformatoming nominal quvvati zavod beradigan pasportda ko’rsatilgan bo’lib, u to’la quvvatni uzluksiz yuklama bilan nominal kuchlanish, chastota va sovish bilan ifodalanadi. Ikki chulg’amli transformatorlarning nominal quvvati bu har bir chulg’am quvvati yig’indisidir. Uch chulg’amli transformatorlar chulg’amlari har xil yoki bir xil quvvatli qilib yasalishi mumkin. Barcha turdagi transformatorlar (shu jumladan, avtotransformatorlar ham) quyidagi nominal quvvat shkalasi bo‘yicha (kVA) GOST 9680—71 asosida tayyor Keltirilgan quvvatlar uch fazali transformator va avtotransformatorlarda; 2. Bir fazali transformatorlaming quvvati uch fazali guruhlarda ishlaganda 1/3 nominal quvvatga teng uch fazali transformatorlaming quvvati Transformatorlar hisobiy ishlash muddati 25 yil hisoblanadi. Lekin bunda quyidagi shart bajarilishi kerak: Bunda, Sng transformator yuklamasi; U ceti – tarmoq kuchlanishi (shu kuchlanishga transformator ulanadi); 90C-atrof-muhit harorati. Transformatoming birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlariga taalluqli nominal kuchlanishlar transformator salt yurishi kuchlanishi deb yuritiladi. Uch fazali transformatorlarda bu liniyaviy (fazalararo) 0 kuchlanishdir. Uch fazali yulduz shaklida ulanuvchi bir fazali transformatorlarda bu kuchlanish 4 ga teng. Yuklama bilan ishlayotgan transformatorda birlamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominal kuchlanishga teng bo‘lsa, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi transformatorda hosil bo’ladigan isrof hisobiga kamayadi.
To‘g‘ridan -to‘g‘ri generator shinasiga yoki generator boshmoqlariga ulanadigan transformatorlar va avtotransformatorlar uchun. Transformator birlamchi va ikkilamchi nominal kuchlanishlarning nisbati uning transformatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Uch chulg‘amli transformatorlarda transformatsiya koeffitsiyenti har bir juft chulg‘amlar uchun alohida-alohida aniqlanadi: yuqori kuchlanish (YuK) va past kuchlanish (PK). Transformator nominal quvvat va nominal kuchlanish bilan ishlaganda hosil bo’ladigan tok nominal tok deyiladi. Agar transformatoming bir tomondagi chulg‘ami boshmoqlari o‘zaro qisqa tutashgan bo‘lsa va boshqa chulg‘amiga past qiymatli kuchlanish berib qisqa tutashgan chulg‘amdan nominal qiymatga ega tok o‘tkazilsa, qisqa tutashmagan chulg‘amdagi kuchlanish Uk qisqa tutashish kuchlanishi deb yuritiladi.
Qisqa tutushish kuchlanishini transformatorda kuchlanish pasayishi orqali topiladi. U transformatoming to‘la qarshiligi Z k bilan ifodalanib, quyidagicha aniqlanadi: Transformatorda reaktiv qarshilik aktiv qarshilikka nisbatdan juda katta bo'tganligi tufayli hamma hisobkitoblarda aktiv qarshilik inobatga olinmaydi. Uch chulg‘amli transformator (avtotransformator)larda QT kuchlanishi xohlagan juftlik uchun aniqlanayotganda. uchinchi chulg‘am boshmoqlari o‘zaro birlashmagan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, kataloglarda QT kuchlanishning uchta qiymati keltiriladi: Uk.yuk-pk, Uk.yuk-o*k, Uk.o‘k-pk- Transformatoming aktiv qarshiligi induktiv qashiligiga nisbatan katta bo'lganligi uchun (kichik quvvatli transformatorlarda
2 -3 marotaba, katta quvvatlarda 15-20 marotaba) transformatorning ishi asosan ana shu induktivlik chulg‘amlarning o‘zaro joylashishi, ular oralig‘idagi kanallar eni, chulg‘amlar balandligi bilan aniqlanadi. Qisqa tutashish kuchlanishi U GOST bilan cheklangan (asosan, quvvat va kuchlanish bo‘yicha), kuchlanish va quvvat qanchalik katta qiymatlarga ega bo‘lsa, QT kuchlanishlar ham katta bo'ladi. Ur qiymati oshirib borilsa, QT tokini kamaytirish mumkin. Ayni vaqtda reaktiv
quvvat, demak, transformator narxi ko‘tariladi. Uch chulg‘amli transformatorlar chulg‘amlarining o‘zaro joylashishiga hamda Ur ning qiymatiga qarab ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Agar past kuchlanish chulg‘ami magnit o‘tkazgichli o‘zagiga yuqori kuchlanish chulg‘ami yuzada - o‘rta chulg‘am ikkalasi orasiga joylashgan bo‘lsa, eng katta qiymat - Uk yuq-pk ga va kam qiymat Uk bo‘ladi. Bu holda kuchlanish pasayishi o‘rtacha chulg‘amda kamayadi, past kuchlanishda tarmoq qisqa tutashish toki Uk yuq-pk katta bo‘lganligi tufayli cheklangan bo‘ladi. Agarda o‘rta chulg‘am o‘zagi ustida, yuqori kuchlanish chulg‘ami tashqarida, past kuchlanish chulg‘ami esa ular orasida bo‘lsa, unda Uk yuq-o‘k eng katta qiymatga, Uk yuq-pk eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Ur yuq-pk ikkala holda ham bir xilda qoladi. Energiya tizimi tarmoqlari, elektrlashtirilgan transport va boshqalarda kichik va o‘rta quvvatli transformatorlar juda ko‘p o‘rnatilgan. Shuning uchun umumiy elektr energiya isroflari juda katta va ularni kamaytirish muhim texnik va xo‘jalik ahamiyatga ega. Shu bois tranformatorlar konstruksiyalari va sxcmalarini takomillashtirish, Rx va Rk qiymatlarini kamaytirish yo’lidagi barcha tadbir va choralar muhim ahamiyat kasb etadi. Umum qo’llanuvchi ikki chulg‘amli transformatorlardagi isroflar, Salt yurish toki Ixx aktiv va reaktiv isroflami tavsiflaydi va u po‘latning magnit xususiyatlari, transformator konstruksiyasi, magnit o‘tkazgichning yig‘ilishi sifatida va magnit
induksiyasi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, u salt yurish hisobida beriladi. Hozirgi zamon transformatorlari sovuq holda ishlov berilgan po‘latlarida Ix nisbatan kichik qiymatga ega. Bu qiymat quvvat va kuchlanish ortishi bilan kamayadi. Kuchlanish 10-30kV li transformatorlarda lxx 2,0-2,5% ga, 220-500kV lida 0,5-0,3%ga teng. Salt yurish isrofi Rx va qisqa tutashish isrofi Rk lar transformatorning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Rx ikki xil isrof-po’latdagi qayta magnitlanish va girdob toki tufayli hosil bo’ladigan isroflardir. Ularni kamaytirish maqsadida tarkibida uglerod kam bo’lgan va maxsus qo‘shmalari bo’lgan qalinligi 0,3 mm li 3405, 3406 va boshqa markali sovuq ishlov berilgan po‘latlar qo’llanadi. Ular yuzalari issiqlikka bardosh izolatsiya bilan qoplangan. Ma’lumotnoma adabiyot va kataloglarda A va B darajasida Rx qiymati keltiriladi. A darajasi solishtirma isrofi 0,9 Vt/kg dan kam bo‘lgan elektrotexnik po‘latdan yasalgan transformatorlarga, B darajasi-solishtirma isrof 1.1 Vt/kg, V=1.5 TI, f=50 Gts ga taalluqlidir. QT isrofi Rk chulg‘amlardan yuklama toki o‘tganida hosil bo‘luvchi qo‘shimcha isroflardan iborat. Qo‘shimcha isroflar sochma maydon magnit oqimlaridan hosil bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, girdob toklari va transformator konstruksiyalari (bak devorlari, yarmolari balkasi va boshqalar) tufayli vujudga keladi. Transformator quvvati qancha kichik bo‘lsa, nisbiy isrof shunchalik katta bo‘ladi. Ularni kamaytirish maqsadida chulg‘amlar ko‘p simli, bak devorlari magnit shunti bilan ekranlangan holda yasaladi. Ayrim seriyadagi umumqo’llanuvchi transformatorlaming asosiy parametrlari tegishli standartlarida, ikki chulg‘amli transformatorlar tavsiflari esa Transformatorlar tavsiflari har doim takomillashadi. Ularni qayta yasash har 10 yilda bir marta olib boriladi. To‘g‘rilagichlar UV KM — 6 va UV KM—5 m nimstansiyalari trasformatorlarning texnik ko‘rsatkichlarida, kuch yoritkichlari va ATDP yuklamali transformatorlarning texnik ko‘rsatkichlari. Hozirgi vaqtda zavodda ishlab chiqarayotgan transformatorlar to‘g‘risidagi texnik ko‘rsatgichlarni jadvaldan olib foydalanayotganda (1.13, 1.18, 6.2) quyidagilarni inobatga olish tavsiya etiladi: transformator shartli belgilarida: A— avtotransformatori; T—uch fazali; O—bir fazali transformatorni; R—past kuchlanish chulg‘amiga yoyilgan; sovitish tun bitta yoki ikkita harf bilan belgilanadi; T—uch chulg‘amli; N —bitta chulg‘am RPN qurilmasi bilan; S—transformator xususiy hujjatlar uchun, P—o‘zgarmas tok liniyasi uchun. Agar ikkilamchi chulg‘am W2 ga yuklama (qarshilik Z H) ulansa, toki o‘ta boshlaydi. Bunda ikkilamchi quvvat 12 h hosil bo‘ladi. Birlamchi tok 0 dan gacha ortadi, Kuchlanish U i dan to U2 gacha o‘zgarishi sababli transformator, umuman olganda, kuchlanish Ui va tok ix ni U 2 va i2 ga o‘zgartirish (transformatsiyalash) uchun xizmat qiladi. Ishlagan transformatorning ikkilamchi chulg‘amida tok bo'lmasa, ya’ni yuklama yuk yoki ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilgan bo‘lsa, transformatorning salt yurish ishi deyiladi. Magnit oqim va EYUK larning o‘zaro bog‘liqlarini ko‘rib o‘tamiz. Kirgofning ikkinchi qonuniga asosan birlamchi zanjirdagi kuchlanish pasayishi EYUK lar yig‘indilariga teng ad Ui + ljAgar bu oniy qiymatdan harakat qiymatga o‘tadigan bo‘lsak.
Transformatoming ishlash tamoyili:
i —bir fazali taransformator; b—uch fazali guruh va g-uch fazali guruhdan yulduz—Y ko‘rinishli magnit o‘tkazgichga o'tish. Integrallashdan so‘ng F—FM sinwt ni olamiz. Birlamchi zanjirdagi EYUK


Download 41,04 Kb.
  1   2




Download 41,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari

Download 41,04 Kb.