Pomidor (lotincha: Solanum lycopersicum) bir yillik, tropik iqlimlarda koʻp yillik oʻt oʻsimlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Imiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsa-da, Oʻzbekistonda oʻsimligi ham, mevasi ham pomidor yoki „pamildori“ (xalq orasida) deb yuritiladi. Pomidor italyancha pomo d'oro soʻzidan olingan boʻlib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. Ingliz, yapon, koreys tillarida tomato, xitoy tilida shu fan qie, fransuz tilida arbe a tomates, tomate arbustive, nemis tilida tomatobaum, zbaumtomate, baumtomatenstrauch, ispan tilida esa tomate deb nomlanadi.
Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar oʻrnata boshlaganidan soʻng butun dunyoga tarqalgan. Hozirgi kunda pomidorning juda koʻp navi dunyoning turli mamlakatlarida yetishtiriladi.
Pomidor ham pishirilmasdan, ham turli taomlar va qaylalar yoki ichimliklar ingrediyenti sifatida isteʼmol qilinadi. Pomidor oʻsimligi odatda 1-3 metr balandlikkacha oʻsa oladi. Poyasi boʻsh boʻlib, koʻpincha yerda tarqalib va boshqa oʻsimliklarga chirmashib oʻsadi.
Pomidorning ildiz tizimi nihoyatda tarmoqlangan boʻlib, tuproqning chuqur (150 santimetrgacha) qatlamlariga kirib boradi va eniga 1,5-2,5 metr diametrgacha oʻsishi mumkin. Namlik yetarli boʻlganda poyaning barcha qismlaridan ildiz yengil paydo boʻladi, shuning uchun pomidorni nafaqat urugʻi bilan balki vegetativ usulda ham koʻpaytirsa boʻladi.
Pomidorning poyasi oʻtsimon, tik yoki yotib oʻsadi, kuchli yoki kuchsiz shoxlanuvchan boʻlib, poya turiga qarab 30 santimetrdan 2-3 metrgacha oʻsadi. Poyasini va barglarini tuzilishiga qarab pomidor 3 xilga boʻlinadi: shtambli — poyasi yoʻgʻon, kam shoxlanuvchan, hatto mevalari bilan ham tik turuvchi; shtambsiz — poyasi ingichka, kuchli shoxnaluvchan, mevasi ogʻirligi taʼsirida yotib qoladigan; kartoshkasimon — yirik bargli. Shuningdek pomidor poyasi determinant (asosiy poya va yon shoxlari moʻtadil oʻsib, toʻpgul hosil qilish bilan tugaydi) va indeterminant (asosiy poya kuchli oʻsishi bilan farqlanadi, yon shoxlari olib turilganda 2-3 metrgacha oʻsishi mumkin) turlarga boʻlinadi. Determinant pomidor navlari ochiq dalaga ekilsa, indeterminant navlar asosan issiqxonalarda yetishtiriladi.
Gullari ikki jinsli, mayda, sariq rangda, odatda 5-7 ta gultojibargli boʻladi. Changchilari 5-6 ta, konussimon shaklda joylashgan. Gulinig urugʻchisi koʻpchilik navlarda changchilardan iborat konusning ichida joylashadi, bu esa pomidor ekinini 95 % hollarda oʻzidan changlanuvchi boʻlishini taqozo etadi. Ayrim navlarda yoki noqulay ob-havo sharoitlarida (issiq harorat) urugʻchi tumshugʻi changchilardan tepparoqda joylashadi, bunda pomidor gullari chetdan hasharotlar yoki shamol yordamoda changlanishi mumkin.
Mevasi ikki, uch va koʻp kamerali, sersuv, rezavor. Mevalarining ogʻirligi 50 dan 1000 grammgacha; rangi qizil, pushti, sariq, binafsha, oq va hatto qora boʻlishi mumkin; shakli yumaloq, yumaloq-yassi, noksimon, olxoʻrisimon boʻlishi mumkin. Urugʻlari kichkina, yassi, uchi oʻtkirlashgan, tukli, sariq-kul rangda, 1000 ta urugʻ vazni 2,5-4,0 grammgacha boʻlib, unuvchanligi 4-6 yilgacha saqlaydi. Pomidor issiqsevar oʻsimlikdir. Uning normal oʻsib rivojlanishi uchun harorat 20-25 °C, havoning nisbiy namligi 40-65 % boʻlishi maqbul hisoblanadi. Harorat 15 °C dan pasayganda oʻsishi sustlashadi, 0-1 °C da esa umuman oʻsishdan toʻxtaydi, −1-−2 °C da oʻsimligi nobud boʻladi. Oʻta yuqori harorat ham (35 °C
Pomidor hozirgi kunga kelib oʻzining qimmatli va dietik hususiyatlari sababli butun jahonda eng keng yetishtiriladigan sabzavot ekinlaridan biri
|