Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir.
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo‘lsin.
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to‘g‘ri keladi.
Axborotlarni to‘plash uslublari
Ma’lumotlarni yig‘ish odatda, o‘qitilgan, o‘rgatilgan dala tadqiqotlarini o‘tkazuvchi intervyuchilar tomonidan amalga oshiriladi. 1910– yildan boshlab eng oddiy marketing axborot yig‘ish usullari qo‘llanilgan. Iste’molchilarni do‘konlarda, kassalar oldida so‘roqqa tutib tovar, uning narxi, sifati haqidagi oddiy savollar bilan ularning fikri aniqlanar edi. Hozirda savolnomalar juda keng miqyosdagi savollarni o‘z ichiga olib, ular natijalari kompyuter dasturlari yordamida ishlanib qisqa vaqt ichida xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. So‘rovnomalar o‘tkazishda so‘rovga tutishning taktikasiga alohida e’tibor qaratiladi. So‘rovga tutiladigan xaridor yoki iste’molchilarni segmentlarga bo‘lib, ya’ni faoliyat turiga qarab guruhlarga bo‘lish, millatiga, jinsi, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab savollarni va anketa so‘rov jarayonini o‘tkazish yaxshi samara beradi. So‘rovnomalarni tarqatish va natijalarni yig‘ishda quyidagilarga rioya qilinsa yaxshi natija beradi:
|