• Tovar-ehtiyojni qondirish vositasidir
  • Mavzu: Marketingda tovar siyosati. Reja




    Download 411 Kb.
    bet1/7
    Sana26.04.2024
    Hajmi411 Kb.
    #207580
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    13 4-qurilish-jismoniy-shakli, Aholi farovonligini oshirishda aholining

    Mavzu: Marketingda tovar siyosati.
    Reja:

    1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir.


    2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash.
    3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari.
    4. Yangi tovar ishlab chiqish.
    5. Savdo markalarini boshqarish.


    1. Tovar-ehtiyojni qondirish vositasidir

    Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin.


    Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
    Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.
    Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.
    Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.
    Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.
    Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.
    Tovarning uch darajali klassik modeli 1-rasmda keltirilmoqda.
    Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash, maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash tovarlar yoki xizmatlar guruhidir.
    Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari yig‘indisidir.






    Download 411 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 411 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Marketingda tovar siyosati. Reja

    Download 411 Kb.