Mavzu: Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni




Download 32,69 Kb.
bet1/6
Sana13.06.2024
Hajmi32,69 Kb.
#263210
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o‘-fayllar.org


Mavzu: Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni
Mavzu:Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni

Kirish
1.Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.


2.Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
3.Marketingning asosiy vazifalari,qoidalari va turlari
4.Marketingning bozor tizimidagi o‘rni
Xulosa
Foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan qarorida “tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish” bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.2
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta- sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida «Marketing asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi.
«Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin, «Marketing asoslari» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan. Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir.Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar ehtiyojini qondirishdan iborat.Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir.Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani orqali singdiriladi.3



Download 32,69 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 32,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni

Download 32,69 Kb.